O‘zbekiston 196 mamlakatdan 108 -o‘rinni qayd etib, “hayot sifati yuqori” deb baholangan mamlakatlar qatoriga kiritildi.Ushbu indeksda mamlakatlar hayot sifati, sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, siyosiy barqarorlik va inson huquqlari kabi mezonlar asosida baholandi.Global reytingda Shveysariya birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Norvegiya va Islandiya joy oldi. Kuchli o‘ntalikdan, shuningdek, Gonkong, Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Irlandiya, Singapur va Avstraliya ham o‘rin oldi.Markaziy Osiyo mintaqasi natijalariMintaqaviy taqqoslovda O‘zbekiston Qozog‘iston (yuqoriroq o‘rin) va Turkmanistondan keyin uchinchi o‘rinda qayd etildi. Qirg‘iziston 119-o‘rinni, Tojikiston esa 128-o‘rinni egallagan.Reytingda Turkiya, Chernogoriya, Rossiya, Gruziya, Belarus kabi davlatlar “hayot sifati juda yuqori” darajasidan joy olgan. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (77-o‘rin), Armaniston (78), Ozarbayjon (92), Turkmaniston (96), Ukraina (102), O‘zbekiston (108), Qirg‘iziston (119) esa “hayot sifati yuqori” mamlakatlar qatorida qayd etilgan. Qo‘shni Tojikiston esa 63.4 ball bilan 128-o‘rinni egallagan.Reyting qanday tuzilgan?CEOWORLD jurnali tadqiqotchilari 23 ta ko‘rsatkich asosida tahlil o‘tkazgan. Ular uch toifaga ajratilgan:Barqarorlik – iqtisodiy o‘sish, soliq siyosati, uy-joy sharoitlari, daromadlar va umr ko‘rish davomiyligi.Qoniqish – xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim sifati, transport va korrupsiya darajasi.Muvozanat – inson huquqlari, atrof-muhitga e’tibor, jinslar tengligi va ijtimoiy adolat.Har bir mezon 100 ballik sistemada baholangan bo’lib, O’zbekiston jami 70,94 ballni qo’lga kiritgan. CEOWORLD jurnali HPI reytingini har yili muntazam ravishda e'lon qilmaydi.Shuning uchun ushbu yilgi ko’rsatkichni avvalgi yillardagi bilan taqqoslash imkonsiz. Uning o’rniga BMTning Inson Taraqqiyoti Indeksi (HDI)ning yillik reytingiga ko‘ra mamlakatdagi vaziyatni solishtirish mumkin.Ushbu grafik orqali siz 2015–2024 yillar davomida O‘zbekistonning HDI (Inson Taraqqiyoti Indeksi) ko‘rsatkichlari va reytingdagi o‘rni qanday o‘zgarganini ko‘rishingiz mumkin:Ko‘k chiziq – HDI bahosi (0.675 dan 0.727 gacha oshgan);Qizil chiziq – Reytingdagi o‘rni (son kamaygan sari natija yaxshilangan).