Joriy yilda dasturga butun dunyo bo‘ylab taxminan 131 ming kishi saralab olingan bo‘lsa, ulardan 55 ming nafargacha kishiga doimiy yashash huquqini beruvchi viza taqdim etiladi. G‘oliblarning katta qismi Afrika, Osiyo va Yevropa mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar orasidan chiqqan.Eng ko‘p viza yutgan davlatlar ro‘yxatidan quyidagilar o‘rin oldi:O‘zbekiston — 5 564 kishi;Jazoir — 5 526 kishi;Rossiya — 5 519 kishi;Misr — 5 515 kishi;Sudan — 5 505 kishi.AQSh Davlat departamentining qayd etishicha, dastlabki 55 ming nafar g‘olibning barchasi oxirigacha jarayonda qatnashmasligi mumkin. Shu sababli 2025 yil 1-oktabrdan 2025-yil 30 -sentabrgacha bo‘lgan muddat ichida g‘oliblarning zaxira ro‘yxatidan ham viza berilishi mumkin.Green Card lotereyasi 1990-yilda qabul qilingan AQSh immigratsiya qonuni asosida yo‘lga qo‘yilgan. Dastur har yili butun dunyo bo‘ylab turli millat vakillariga AQShda doimiy yashash va ishlash huquqini berish maqsadida tashkil etiladi. Har yili bu lotereyada ishtirok etish uchun 20 milliondan ortiq odam ariza topshiradi.Shu bilan birga, g‘olib bo‘lganlarning hammasi viza olish kafolatiga ega emas. Odatda tanlanganlarning yarmidan ko‘prog‘i elchixonadagi suhbat va hujjat jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirdagina AQSh vizasini qo‘lga kiritadi.