O‘zbek xalqining ildizlari Markaziy Osiyo bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun bu mintaqada o‘zbeklar son jihatdan eng ko‘p uchraydi. Tojikistonda, ayniqsa Sugd viloyati va Dushanbe atrofida o‘zbeklar soni juda ko‘p. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 1,2 milliondan ortiq o‘zbek yashaydi.Qozog‘istonda ham o‘zbeklar, ayniqsa, Janubiy Qozog‘iston (hozirgi Turkiston viloyati)da ko‘p uchraydi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, ularning soni 600 mingdan oshadi.Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarida o‘zbeklar aholining katta qismini tashkil etadi. Aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, bu yerda 995,000 mingga yaqin o‘zbek istiqomat qilgan.Turkmanistonda ham asosan Lebap va Dashoguz viloyatlarida o‘zbeklar istiqomat qiladi, ularning soni 642,476 atrofida ekani taxmin qilinadi.Afg‘oniston shimolida, xususan Farob, Jovzjan va Balkh viloyatlarida o‘zbeklar qadimdan yashab keladi. Afg‘onistonda 2 millionga yaqin o‘zbek borligi aytiladi.Rossiya va MDH davlatlari – mehnat migratsiyasi markaziSovet Ittifoqi davridan boshlab va undan keyin ham Rossiya o‘zbeklar uchun ish va yashash manzili bo‘lib kelgan.2023-yil oxirida Rossiyada taxminan 1,2 million o‘zbekistonlik ishlagan bo‘lsa, ba’zi manbalarga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib ularning soni 698 mingga tushgan. Ular asosan Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg kabi yirik shaharlarda mehnat qiladilar.Ukraina, Belarus, Moldova kabi boshqa sobiq SSSR davlatlarida ham kichik o‘zbek jamoalari mavjud.Turkiya va Yevropa – yangi muhojirlik manzillariOxirgi yillarda o‘zbeklar Yevropaning turli burchaklariga ham ko‘chib bormoqda.Turkiyada o‘zbeklar soni aniq bo‘lmasa-da, Istanbul va boshqa yirik shaharlarda faol diaspora mavjud. Ular orasida siyosiy muhojirlar, talabalar, tadbirkorlar bor.Germaniya, Polsha, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda o‘zbeklar soni minglab bo‘lsa-da, ularning madaniy faoliyati kuchli. Masalan, Berlinda o‘zbek madaniyat markazi faoliyat yuritadi.Janubiy Koreya so‘nggi o‘n yillikda o‘zbek mehnat migrantlari uchun asosiy manzilga aylangan. Koreya Migratsiya xizmatining xabar berishicha, 2023-yilda bu mamlakatda 60 mingdan ortiq o‘zbek mehnat qilmoqda.Xitoy, ayniqsa Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida, tarixan yashab kelgan o‘zbeklar bor. Bu yerda ular ko‘proq musulmon etnik guruh sifatida tanilgan.AQShda o‘zbeklar asosan Nyu-York (Brooklyn), Kaliforniya (Los-Anjeles, San-Diego) va Texas shtatlarida to‘plangan. O‘zbekistondan chiqqan yahudiylar (Buxoro yahudiylari) ham bu yerda ko‘p. Kanadada esa Torontoda o‘zbeklar jamoasi faoliyat yuritadi.BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar kabi mamlakatlarda ham o‘zbeklar yashaydi. Ular orasida diniy sabablarda borganlar ham, mehnat migrantlari ham bor.