Lekin ko‘p o‘tmasdan, 1453-yilda Usmoniylar saltanatining 21 yoshli hoqoni Mehmet II (Fotih Sulton Mehmet) Vizantiya imperiyasining oxirgi bo‘g‘ini bo‘lgan Konstantipolni yangi bir qurol vositasi bilan bosib oldi va Vizantiya imperiyasini tag-tugi bilan yiqitdi. Chunki bu paytda Fotih Sulton Mehmet qo‘shinida 19 tonna og’irlik, 680 kilolik zo‘ldirni  (yadroni) 1200 metr uzoqlikka otish kuchiga ega bo‘lgan to‘plar bor edi. U Konstantinopolga urush ocharkan, mana shu to‘plardan 70 tasini qo‘lladi. Endi urush strategiyasi va texnologiyasida yangi davr boshlangan va bu strategiyaning mujidi Usmoniyalar edi.70 kun davom etgan bombardimon natijasida minoralar yiqilib, qal’a devorlari teshildi. Bu esa Usmoniy askarlariga ham quruqlik ham dengizdan hujum qilish imkonini yaratdi. Imperator Konstantin XI jang sirasida halok bo‘ldi. Vizantiyani asrlar davomida himoya qilgan, “yiqilmas va teshilmas” degan devorlar yangi urush texnologiyasi bo‘lgan zambaraklarga chidash bermadi. Xarsang devorlar yiqilib teshildi (agar Istanbulga borsangiz, buning izlarini hozir ham ko‘rasiz). To‘plar “zabt qilish mumkin emas” degan devorlarni ham qulatdi. Vizantiyani qo‘ldan bergan yevropaliklar endi qanday bo‘lsa ham Usmoniylarda bo‘lgan yangi urush texnologiyasi - zambaraklarga ega bo‘lishlari va himoyalanish uchun bor-budini tikishlari kerak edi. Shunday ham qilishdi. Yevropaliklar yangi istehkom turlari yaratib, to‘plarga ega bo‘la boshladilar. Negaki, endi dunyoda yangi bir urush texnologiyasi yaratilgan va ular bunga qarshi tura olishlari kerak edi. Ming afsuski, Usmoniylar yaratgan yangi texnologiya o‘zlarida ilgarilamadi, orqada qoldi. Usmoniylardan yangi qurol turini o‘rgangan inglizlar esa endi bu qurol turi bilan butun dunyoni qo‘lga kiritish rejasini qila boshlagan, yangi qurol va strategiyarar orqali oxir-oqibat Usmoniylarni ham yiqtishga erishishdi. Davlatlarning rivojlanish tadrijini o‘rgangan tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishgan: agar sen taraqqiyot sari qadam qo‘yar ekansan, endi orqaga qaytmasliging kerak, har xil vaj-karsonlar bilan tanaffus qiladigan bo‘lsang, rivojlanishni qo‘ldan berasan. Rivojlanish bahonalarni yoqtirmaydi.  Fazliddin Madiev ISFI Xalqaro aloqalar fakulteti katta o‘qituvchisi. Anqara HBV universiteti doktoranti.