Talaba Reddit platformasidagi postida quyidagi fikrlarni keltirgan:“Men Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) ning 2025-yil fevralda qabul qilingan hindistonlik 1-kurs talabasiman. Men bu universitetning ta’lim darajasi oʻrtacha boʻladi, deb oʻylagandim — arzon oʻqish, xorijiy MBBC, ajoyib muhit va h.k. Ammo vaziyat mutlaqo boshqacha ekan. Bu yerda taʼlim sifati shunchalik ayanchliki, ayniqsa biz kabi xorijiy talabalar uchun, tasavvur qilib boʻlmas darajada”.Talaba muassasadagi o’qituvchilarning ingliz tilisi yaxshi emasligi, ular xuddi Google Translate orqali muloqot qilayotganga o’xshashini ta’kidlaydi:“Birinchidan, o‘qituvchilarning ingliz tili juda past darajada. Gaplarim jiddiy, ko‘pincha ular xuddi Google Translate orqali gapirayotganga o‘xshaydi. Biz ularni tushunmasdan turib, tibbiyotni qanday o‘rganamiz? Bizga 4 soatlik majburiy ingliz tili darslari qo’yishgan. Men bu yerga alifbo va grammatika o‘rgangani kelmaganman-ku. Asosiy fan anatomiya atigi 1 soat-u 20 daqiqa davom etadi, lekin uni ham samarali deb bo’lmaydi. Hech narsa o‘rgatishmaydi. Professorlar kelib, shunchaki o‘tiradi va darslikni ko‘rsatib, "Mana bu mavzuni o‘rganib keling" deyishadi, xolos. Ba’zida darslar so‘nggi daqiqada bekor qilinadi. Mas’ullar “onlayn o‘tkazamiz” deyishadi-yu, lekin taajjubki, hech qanday onlayn dars bo‘lmaydi. Biz o‘zimiz o‘qiyapmiz, ular esa shunchaki maosh olishmoqda”.Shuningdek, talaba fakulteti dekani haqida quyidagi fikrlarni keltirgan:“Keyin dekan haqida gapiraylik. Bu odam aqldan ozgan. Soqolimizni oldirish haqida tinmay boshimizni qotiradi. "Vazirlik qoidalari" ekan, tushunaman, lekin biroz bo‘shashsa bo‘lardi-ku — soqolim imtihondan o’tmasligimga sabab bo’layotagni yo’q-ku”. Maqolada yotoqxonadagi gigiyena masalasi haqida ham fikrlar uchraydi:“Ha, aytgancha, hind talabalari uchun yotoqxona-chi? Jirkanch! Hammomlar arang oyiga bir marta tozalanadi — hamma yoq mog‘or bosgan, boshqa muammolar ham to‘lib-toshib yotibdi. Yana bir gap: har ikki oyda kimdir qizamiq bilan og‘riydi. Muammoning “aqlli” yechimi esa bizni qoramol fermasidagidek qator qilib, tasodifiy emlash uchun tizishdir. Bu yerda gigiyena haqida gapirish befoyda”.“O‘qitish shu qadar yomonki, nimadan boshlashni ham bilmayman. Professorlar darsga vaqtida keladi. Lekin o’quv jarayoni faqat  slaydlarni o‘qib berish yoki o‘zimiz mustaqil o‘rganishimizni aytishdan iborat. Ular bizga hech narsa o‘rgatishmasa, qanday qilib yaxshi shifokor bo‘la olamiz? Imtihonlar esa butunlay boshqa masala. Qo‘limizga 50 ta savoldan iborat PDF berishadi, uni yodlashimizni aytishadi, keyin esa - kompyuter testi. Deyarli barcha savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri PDF’dan olingan. Shunchaki yodlab, qaytarib, o‘tib ketasan. Eng oson imtihonlar, lekin bundan nima foyda? Men xotira o‘yinlari uchun emas, haqiqiy tibbiyotni o‘rganish uchun kelganman. Bu yerning chala-chulpa shifokorlar tayyorlashi ajablanarli emas. Bu masxarabozlik qanday qilib NMC India tomonidan tan olingan? Kimdir buni tekshirishi kerak”, deb yozadi talaba.