Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasi xabar berishicha, uch yildan ortiq vaqtdan beri Ukrainada jang qilayotgan Rossiya armiyasining yo‘qotishlari halok bo‘lganlar va yaradorlar bilan birga 950 ming kishiga yetdi. Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki to‘rt oyida Rossiya armiyasining umumiy yo‘qotishlari, taxminan, 160 000 kishini tashkil etgan.Agar bunday sur’at yil oxirigacha saqlanib qolsa, bu Rossiya uchun shaxsiy tarkibdagi yo‘qotishlar bo‘yicha urushning eng qimmat yili bo‘ladi, deya ta’kidladi qirollik Mudofaa vazirligi.Ta’kidlanishicha, 2025-yilda kunlik yo‘qotishlarning yuqori darajasiga qaramay, Rossiya Ukraina hududining sezilarli qismini nazorat qila olmagan. Aprel oyida Rossiya Qurolli kuchlari kuniga o‘rtacha 1200 dan ortiq odamni yo‘qotgan. Mart oyida bu ko‘rsatkich 1300 nafarni tashkil etgan.Avvalroq Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti urush boshlanganidan beri Rossiya armiyasining yo‘qotishlarini yaradorlar bilan hisoblaganda deyarli 800 ming kishiga baholagandi. Shu bilan birga, Rossiya armiyasiga har oyda 30-40 ming kishi yollanayotgani aytilmoqda. Ularga taklif etilayotgan yirik bonuslar va kuchaytirilgan harbiy targ‘ibot bu ko‘rsatkich oshishiga ta’sir qilgan.