Bu kapsula ichidagi dorilarni maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan bo‘limlarga joylashtirish orqali, har bir dori ma'lum vaqtda chiqarilishini ta'minlaydi. To‘siqlarning qalinligi va materialining erish tezligi dorining chiqarilish vaqtini belgilaydi.Masalan, yurak xastalari uchun mo‘ljallangan kapsula ertalab aspirin, kunduzi beta-blokator va kechqurun xolesteringa qarshi dori chiqarishi mumkin. Bu nafaqat juda qulay, balki qonda dori miqdorini barqaror ushlab turish imkonini beradi — bu esa samarali davolanish uchun hayotiy ahamiyatga ega.Rice universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bu texnologiya, PULSED (Particles Uniformly Liquified and Sealed to Encapsulate Drugs) deb nomlanadi. Ushbu tizimda, PLGA (polilaktik-ko-glykolik kislota) polimeridan tayyorlangan mikrozarrachalar dori bilan to‘ldiriladi va ularning erish tezligi nazorat qilinadi. Bu mikrozarrachalar kichik silindr shaklida bo‘lib, ular oddiy igna orqali organizmga yuborilishi mumkin. PLGA polimerining molekulyar og‘irligini o‘zgartirish orqali dorining chiqarilish vaqti 10 kundan 5 haftagacha bo‘lgan muddatda sozlanishi mumkin. Bu texnologiya, ayniqsa, uzoq muddatli davolanish talab qilinadigan holatlarda, bemorlar uchun dorilarni qabul qilishni osonlashtiradi va davolanish samaradorligini oshiradi.Kapsulalar turli kasalliklarni davolash ehtimolini oshirmoqda. Xususan,surunkali kasalliklar(diabet, yurak xastaligi, gipertoniya) da bemorlar ko‘p dori qabul qilishga majbur, bu esa jadvalga rioya qilmaslik (nonadherence) xavfini oshiradi. Bir kapsula ichida har xil vaqtda chiqariladigan dorilar orqali kun davomida kerakli dori dozasi avtomatik chiqariladi. Natijada bemor unutilgan dori dozalari tufayli yuzaga keladigan asoratlardan saqlanadi, qon bosimi, qand miqdori va yurak ritmi kabi muhim ko‘rsatkichlar barqaror ushlab turiladi.Bundan tashqari kapsulalar saraton bilan og’rigan bemorlar uchun ham foydali. Bemorlar orasida tarqalgan eng katta muammolardan biri kimyoterapiya dorilari aniq vaqtda aniq dozada yuborilmayotganidir. Buning natijasida ularning davolash koeffitsienti kamayadi yoki zararli ta’siri kuchayadi. Mutaxassislarning fikricha, kapsula yordamida davolash samaradorligi oshadi, sog‘lom hujayralarga yetkaziladigan zarar kamayadi, bemor hayoti yaxshilanadi.