Sayyohlar e’tiborini jalb qilayotgan asosiy taomlarPalov (osh)Oʻzbek palovi Oʻzbekistonning gastronomik timsoliga aylangan. Har bir viloyatda uni tayyorlashning oʻziga xos uslubi bor: masalan, Fargʻona palovi, Buxoro palovi, Toshkent uslubidagi palov. Turistlar orasida "palov master-klasslari" katta qiziqish bilan kutib olinadi.SomsaTandirda pishiriladigan go‘shtli somsalar nafaqat mahalliy aholining, balki mehmonlarning ham sevimli taomlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo somsasi mashhur.LagʻmonQoʻlda choʻzilgan lagʻmon — xitoy va uygʻur taomlarining o‘zbek oshxonasiga moslashgan namunasi. Xususan, Andijon va Namangan lagʻmonlari sayyohlar orasida alohida e’tiborga loyiq.Manti va chuchvaraBug’da pishiriladigan bu taomlar xamirli ovqatlarni xush ko‘radigan mehmonlarga juda yoqadi. Ayrim turistik restoranlarda ularni tayyorlash bo‘yicha jonli namoyishlar ham uyushtiriladi.KaboblarQo‘y go‘shti, mol go‘shti yoki parranda go‘shtidan tayyorlangan kaboblar sayyohlar uchun ko‘cha taomlari ichida eng xaridorgir hisoblanadi.Holva, novvot, chak-chak va boshqa shirinliklarMilliy shirinliklar ham mehmonlar orasida katta qiziqish uygʻotadi, ayniqsa, qadimiy bozorlar va festivallarda.Gastronomik sayohatlar va festival turlariOʻzbekistonda gastronomik yoʻnalishlarda turli festivallar ham oʻtkazilmoqda. Masalan, “Osh festivali” (Toshkent, Samarqand, Buxoro), “Milliy taomlar haftaligi”, “Kabob bayrami” kabi tadbirlar xorijlik sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qilmoqda.Bundan tashqari, ayrim sayohat agentliklari gastronomik turpaketlarni taklif qilishmoqda, bunda mehmonlar turli viloyatlarda taom tayyorlash, degustatsiya va pazandachilik sirlaridan bahramand bo‘lishadi.