XX asrning eng mashhur yahudiy mutafakkiri Eynshteyn sionizm zo‘ravonligini qabul qilmadi.U yahudiylarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi boshqa xalqlar, masalan, falastinliklar azobi ustiga qurilmasligi kerak, deb hisoblab, Isroil prezidenti bo‘lishdan bosh tortgan edi. Ammo Eynshteyn tirik bo‘lganida, uning so‘zlari hozir antisemitizm deb qabul qilinar edi. Ko‘pgina Gʻarb davlatlari va tashkilotlari, jumladan, ko‘pchilik Avstraliya universitetlari tomonidan qabul qilingan Xolokost qurbonlarini xotirlash xalqaro alyansi (IHRA) uni antisemitizm va Isroilga tuhmat qilishda ayblagan bo‘lardi. Nima uchun bunday bo‘lyapti? Keling, sionizm, mustamlakachilik va inson huquqlarining bir-biriga qanday bog‘liqligini aniqlab olaylik.Eynshteyn sionizmga qarshiEynshteyn o‘zining yahudiyligini inkor etmadi, lekin u sionizmga qarshi chiqdi, chunki u buni yahudiylarning huquqlari uchun harakat sifatida emas, balki etnik millatchilikka asoslangan mafkura sifatida ko‘rdi. U sionizm va yahudiylik bir narsa emasligini tushundi. Sionizm Yevropa mustamlakachiligidan kelib chiqqan siyosiy g‘oyadir. Bu yahudiylarning huquqlarini falastinliklar va shu zaminda yashagan boshqa xalqlarning huquqlaridan ustun qo‘yadi. Sionizmni tanqid qilish yahudiylarga qarshi bo‘lishni anglatmaydi. Bu adolat masalasidir.Ammo bugungi kunda Isroilga qarshi har qanday gapga, har qanday tanqidga, hatto faktlarga, xalqaro huquqqa yoki insonparvarlikka asoslangan bo‘lsa ham, ko‘pincha antisemitizm yorlig‘I yopishtiriladi. IHRA tashkilotining ta’rifi bo‘yicha, masalan, Eynshteynning sionistlarni terrorizmda ayblashini Isroil va yahudiylarga qarshi hujum deb hisoblanadi. Bu chalkashlik Isroilni tanqiddan himoya qiladi va Falastin azobi haqida gapirayotganlarning ovozini o‘chiradi. Buning ortida qurol sotishdan tortib aparteidni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmadan tushadigan daromadlargacha katta pul turibdi.Sionizm – mustamlakachilik loyihasiEynshteynni tushunish uchun sionizmga adolat bilan qarash kerak. Garchi u ko‘pincha yahudiylarni ozod qilish harakati sifatida taqdim etilgan bo‘lsa-da, aslida u mustamlaka loyihasi sifatida ishlagan. Yuz minglab falastinliklar o‘z uylaridan haydalgan 1948-yildagi Naqba tasodif emas, rejalashtirilgan harakat edi. Tarixchi Ilan Pappe 1948-yil 10-martda Isroilning birinchi bosh vaziri Devid Ben-Gurion «Dalet rejasi»ni qanday tasdiqlaganini tasvirlaydi. Rejada ko‘pchilik yahudiylar bo‘lgan davlat yaratish uchun falastinliklarni quvib chiqarish va qishloqlarini vayron qilish ko‘zda tutilgan. Ben-Gurionning o‘zi: "Har bir hujum bosib olish, vayron qilish va haydash bilan yakunlanishi kerak", degan.Eynshteyn bu nimaga olib borishini ko‘rdi. 1948-yilda u va boshqa yahudiy ziyolilari New York Times gazetasiga maktub yozdi va Isroilning Herut kabi yangi partiyalarini natsistlar va fashistik harakatlar bilan taqqosladi. "Isroilning o‘tmishdagi harakatlaridan," deb yozgan edi u, "biz kelajakda undan nima kutilishi mumkinligini aniqlashimiz mumkin".Bugungi haqiqatEynshteyn biz hozir guvoh bo‘layotgan voqealar – Gʻazodagi katta vayronagarchilik, Falastinning suv, elektr va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan to‘sib qo‘yish, yerlarni tortib olish haqida ogohlantirgan edi. Bu o‘zini himoya qilish emas, balki mustamlakachilik siyosatining davomi. 1948-yilgi Naqba tugamadi - u AQSH, Germaniya va mojarodan foyda ko‘ruvchi boshqa mamlakatlarning pul va qurollari bilan qo‘llab-quvvatlanib, davom etmoqda.Sionizmni Yevropa mustamlakachiligi tarixidan ajratib bo‘lmaydi. Siyosiy sionizmning asoschisi Teodor Gertsl “Altneuland” romanida shunday deb yozgan edi: “Yangidan qurish uchun men qurishdan oldin buzib tashlashim kerak”. Uning uchun Falastin umumiy yer emas, balki yahudiy ko‘chmanchilar uchun tozalanishi kerak bo‘lgan joy edi. Buyuk Britaniyaning 1917-yildagi Balfur deklaratsiyasi va 1916-yildagi Sayks-Piko kelishuvi Yaqin Sharqni imperatorlik manfaatlari uchun bo‘lish orqali bu g‘oyani amalga oshirishga yordam berdi.Nima uchun tanqidni antisemitizm bilan tenglashtirishadi?Bugungi kunda sionizm faqat yahudiylarning harakati emas. U nasroniy sionistlar, g‘arb siyosatchilari, qurol-yarog‘ va kuzatuv texnologiyalarini sotishdan foyda ko‘ruvchi harbiy kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Sionizmni tanqid qilishni antisemitizm bilan tenglashtirish bu tizimni himoya qiladi. Bu nafaqat falastinliklarni, balki Eynshteynga o‘xshab: "bu ishlar bizning nomimizdan emas" degan yahudiylarni ham jim qiladi.Ko‘pgina yahudiylar - ravvinlar, olimlar, talabalar, Xolokostdan omon qolganlar va ularning avlodlari Gʻazodagi zo‘ravonlikni oqlash uchun yahudiylikdan foydalanishni rad etishadi. Ular Tavrotda yerlarni tortib olish va begunoh odamlarni o‘ldirish man etadi, deb hisoblashadi. Bu odamlar "o‘zlarini yomon ko‘rmaydilar", balki adolat an’analariga amal qilishadi. Ammo ularning ovozi o‘chirilgan.Eng xavflisi shundaki, Isroil o‘z harakatlarini yahudiy o‘zligi bilan bog‘laydi. Qotillik, aparteid va xalqaro huquqning buzilishi barcha yahudiylar nomidan qilingan harakatlar sifatida taqdim etiladi. Bu butun dunyodagi yahudiylarni Eynshteyn qo‘rqqanidek tanqid va hatto qasos olish ob’yektiga aylantiradi.Nima qilish kerak?Eynshteyn bizga haqiqat va adolat qulaylikdan muhimroq ekanligini o‘rgatadi. Buni anglash uchun siz antisemitizm va antisionizm o‘rtasidagi farqni aniq ajratib oling. Antisemitizm yahudiylarga nisbatan nafrat, antisionizm esa siyosiy mafkurani tanqid qilishdir. Ularni chalkashtirib yuborish adolatsizlikni himoya qilishdir."Semit" atamasini yahudiylar va arablarni o‘z ichiga olgan asl ma’nosiga qaytaring. Bu Bag‘dod, Granada va Qohira kabi joylarda yahudiylar va musulmonlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik hamjihatlikda yashash tarixini esga tushiradi.Yahudiylarning xavfsizligi falastinliklarga bo‘ladigan  zulm ustida qurilmasligi kerak. Falastin qarshiliklari nafrat emas, balki omon qolish uchun harakatdir.Agar Eynshteyn o‘sha so‘zlarini bugungi kunda  gapirganda, uning Falastindagi sionizm va zo‘ravonlik haqidagi sharhlari antisemitizm ayblovlari bo‘ronini qo‘zg‘atardi. Ammo uning pozitsiyasi aniq bo‘lgan: etnik ustunlikka va quvg‘in qilishga asoslangan davlat adolatli bo‘lishi mumkin emas. Bugun biz Gʻazo vayron bo‘layotgan, Naqba davom etayotgan, haqiqat yolg‘on tashviqot girdobiga cho‘kayotgan dunyoda uning qo‘rquvlari ro‘yobga chiqayotganini ko‘ramiz.Sionizm va uning oqibatlari haqida adolatli suhbatlarsiz, yahudiylar va falastinliklar xavfsizlik va qadr-qimmat ichida yashashi mumkin bo‘lgan dunyo qurila olmaydi. Eynshteyn biz qaytarib olishimiz kerak bo‘lgan kelajak haqida gapirgan edi. Masala shundaki, haqiqat g‘alaba qozonishi uchun yana qancha azoblarga chidash lozim?