1970-yildan buyon quruqlikning 75 foizi va dengiz muhitining 66 foizi insoniyat faoliyati, iqlim o‘zgarishi, ifloslanish, turlarning yo‘qolishi va bosqinchi turlar ta’sirida o‘zgarishga uchradi. Dunyodagi 18 ta "ekotizim xizmati"dan 14 tasi, jumladan iqlim barqarorligi, changlatuvchi hasharotlar soni hamda chuchuk suv miqdori va sifati pasayib ketdi. Yovvoyi hayvonlar populyatsiyalarining o‘rtacha hajmi 73 foizga qisqardi.Iqtisodiyotlarning ushbu masalalarga qanday javob berishi ularning farovonligi va barqarorligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar tabiatga qiymat berilsa va uning ekspluatatsiyasi hamda foydalanishiga yuqori narx belgilansa, yangi innovatsiyalarni yaratish va muqobillarni topish uchun insonlarda rag‘bat paydo bo’ladi. Masalan, o‘rmonlar, botqoqliklar va yaylovlarni ekinzorlarga aylantirish xarajatlari oshib borishi va chuchuk suv tanqis bo‘lib qolishi bilan kamroq yer va suv sarflaydigan qishloq xo‘jaligi usullaridan foydalanish tobora eng maqbul yo’l sifatida ko’rinmoqda. Biroq agar iqtisodiyotlar tabiatdan foydalanish yoki uni ifloslantirish yo‘lini tanlasa, masalan, o‘rmonlarni qishloq xo‘jaligi yerlariga aylantirish, dengiz tubidan foydali qazilmalarni qazib olish, okeanga plastmassa chiqindilarini tashlash va qazib olinadigan yoqilg‘i zaxiralarini kengaytirish kabi. Bunda insoniyat hayotini yaxshilash va tabiatni tiklash haqida o’ylab ko’rmasa ham bo’laveradi.Hozircha mamlakatlar turli yondashuvlarni tanlashi natijasida ikki xil tendensiya paydo bo‘lmoqda: ba’zi davlatlar resurslar va ifloslanish xarajatlarini sun’iy ravishda kamaytirish uchun tabiatga yetkazilayotgan zararni e’tiborsiz qoldirmoqda, boshqalari esa yashil innovatsiyalar va bozorlarda hukmronlik qilish uchun raqobat kurashiga kirishmoqda.Ko’plab mutaxassislar ikki tendensiya orasida yashil texnologiyalrdan keng foydalanayotgan mamlakatlar tashabbusini yoqlaydi. Ular qisqa muddatgagina manfaat keltiradigan loyihalar evaziga qayta tiklanmas resurslarni qurbon qilmayapti.Tabiatga past baho berilayotgani sababli, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyoti ekologik tanqislikning o‘sib borayotgan xarajatlarini e’tiborga olmayapti. Ular tabiiy tizimlarni sarmoya kiritish orqali saqlash, qayta tiklash va himoya qilishga arzigulik boylik sifatida qarashmayapti. Misol uchun, biologik xilma-xillik va yashash muhitini saqlash, himoya qilish va tiklash bo‘yicha jahon miqyosidagi xarajatlar yiliga 124 milliard dollardan 143 milliard dollargacha yetadi. Biroq bu zarur mablag‘ning atigi beshdan bir qismini tashkil etadi, natijada biologik xilma-xillikni moliyalashtirish bo‘yicha yarim trillion dollardan ortiq kamomad yuzaga kelmoqda.Biznes ham tabiatga yetarlicha sarmoya kiritmayapti. Jahon yalpi ichki mahsulotining yarmidan ko‘pi yoki 163 ta sanoat tarmog‘i va ularning ta’minot zanjirlari tomonidan yaratilgan global qiymatning 44 trillion dollarga yaqini tabiat va uning xizmatlariga bog‘liq. Shunday bo‘lsa-da, dunyo bo‘ylab kompaniyalar o‘z ta’minot zanjirlarini ekologik jihatdan barqaror qilish uchun bu summaning atigi bir qismini (yiliga 5,5 milliard dollardan 8,2 milliard dollargacha) sarflashmoqda.Bugungi kunda Xitoy, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va AQSH kabi bir qator mamlakatlar avtomobil innovatsiyalari, elektr energiyasi ishlab chiqarish va boshqa sanoat jarayonlari hamda uzoq muddatli iste’mol tovarlari kabi asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini yashillashtirish bo‘yicha raqobatlashib, bozor yetakchisiga aylanish salohiyatiga ega. Yashil ishlab chiqarish imkoniyatlari yuqori bo‘lgan mamlakatlar atrof-muhit texnologiyalari uchun ko‘proq patentlarga, kamroq karbonat angidrid chiqindilariga va qat’iyroq ekologik siyosatga ega bo‘lib, ularda aholisining farovonlik koeffitsientini oshirish darajasi nisbatan yuqori.