Yadro quroliga ega bo‘lgan Ikki davlatning to‘qnashuvu o‘tgan asrning boshida (1962), AQSH va SSSR o‘rtasida Karib orollari (siyosiy adabiyotda “Kuba inqirozi”) uchun bo‘lib o‘tgan, shu sabab, bu quroldan foydalanish masalasi bu ikki davlat qatori, butun dunyoni tahlika ostiga qo‘ygandi. Mana oradan 57 yil o‘tib, yadro quroliga ega bo‘lgan boshqa ikki davlat yana bir biriga qarama-qarshi turibdi.  *O‘zi Kashmir hududi qachongi masala? Nizoli hudud Pokistonning alohida ajralib chiqishi bilan paydo bo‘lgan emas. Bu yerda to‘qnashuvlar oldindan mavjud. Nega bu yerda hadeb urushlar bo‘laveradi? Buning sababi shu uchta – etnik, mazhabchilik va diniy asosda yotadi. Mana shu uch omil tufayli, nafaqat Kashmir, istagan joyni urush o‘chog‘iga aylantirishingiz mumkin. Kashmirda esa bu sabablarning uchalasi ham bor. Mabodo, mana uchta faktorni bir chekkaga qo‘yib, bir joyga urush ochamiz desangiz, yoningizda hech kimni ko‘rmaysiz. Ya’ni, hech qayerda urush qilmasa ham bo‘ladi.  *Hindiston nega hozir va nega qistalang urush ochmoqchi o‘zi? Kamiga dunyoda shuncha muammo bor payti. Bu xuddi Isroilning Falastinga xuddi mana shunaqa ssenariy bilan urush ochib yuborganini eslatmayaptimi? O‘zi rostdan ham vaziyat shuncha og‘irmi? Hindiston nega he yo‘q, be yo‘q darrov suvni yopmoqchi? Axir, bunday kelishuv yo‘q-ku… bo‘lmagan ham. Bir tomondan, AQSH va Isroil Hindistonni zimdan, Xitoy esa Pokistonni ochiqdan-ochiq himoya qiladi. Urushning og‘ishi Xitoy, Pokiston, Afg‘oniston va Eron blokini qamrab oladigan holatda. Bu blokning yagona yadroga ega bo‘lgan musulmon davlati - Pokiston.  *Xitoy Pokistonga katta va jiddiy miqdorda investitiya kiritgan. Xitoy boshqa davlatlarga bermagan va bermaydigan nimasi bo‘lsa, Pokiston uchun bergan. Xitoy Pokistondan o‘zi uchun jiddiy foyda ko‘radi. Pokiston portlariga kelgan neftni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvurlar orqali o‘ziga olib o‘tadi. Xitoy, Hindistonning raqobatchisi hisoblanadi.  *Hindiston, terrorni amalga oshirgan kishilarning hammasini tutgan va ularning uylarini savolsiz sudsiz vayron qilib tashlagan. Lekin yana g‘avg‘oni to‘xtatishni istamayapti. Aksincha, olovlantirish harakatida. Buning sabablaridan biri Hindistonda haddan tashqari millatchi partiyalarning yig‘ilib qolgani bo‘lsa kerak. Kamiga N. Modi ham yillardan beri, bunday siyosatni parvarishlab kelyapti. Kashmir kichik joy ham emas, O‘zbekistondan bir yarim baravar katta hudud. Bu yerda bo‘lgan urush katta regionga ta’sir qiladi. Bu ikki davlat shu paytgacha uch marta to‘qnashgan, to‘rtinchi marta to‘qnashmasligiga kafolat bormi?  *Eng qizig‘i, yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar Pokistonni negadir o‘z klublariga olishmaydi. Uni bir yadro kuchi va quroliga ega bo‘lgan davlat sifatida tan olishni istashmaydi. Bu mamlakatga faqat sanksiya ishlataverishadi. Lekin, hech qachon o‘z bilganidan qolmaydigan va dunyoga doim bezovtalik beradigan Isroilga hech kim sanksiya sola olmaydi.  Vaziyatni kuzatamiz va umid qilamizki, bu hudud ham urush o‘chog‘iga aylanib ketmaydi. Pokistonning yadro kallaklari Hindistonnikidan biroz ko‘proq, lekin, moddiy tomondan Hindistondan zaif. Pokistonning ittifoqchilari ham unga katta pul bera olmaydi. Lekin, harbiy tomonda qo‘llashi mumkin. Masalan, Turkya.  ***Ma’lumot o‘rnidaPokiston  Aholisi: 241.499.431Askarlar soni: 510.000Yadro qurollari soni: 170HindistonAholi soni: 1.425.775.850Askarlar soni: 1.237.117Yadro quroli soni: 164Fazliddin Madiev