Bunda asosiy e’tibor Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlarining strategik joylashuviga qaratilmoqda.Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya va Turkmaniston kabi davlatlar Sharq-G‘arb savdo oqimlarini jalb qilish uchun temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari va portlarga katta sarmoya kiritmoqda.Biroq, ularning ayrim intilishlari bir-biriga mos kelsa-da, boshqalari raqobatlashadi - bu esa hamkorlik, raqobat va geosiyosiy taranglikning o‘zaro bog‘liq holatini yuzaga keltiradi.Qozog‘istonQozog‘iston o‘n yildan ortiq vaqtdan beri o‘zini Yevrosiyoning tranzit markaziga aylantirishga harakat qilmoqda. Shu sababli u bugungi kunda Markaziy Osiyoda tranzit sohasida yetakchilik qilmoqda. Xitoydan Yevropa Ittifoqiga jo‘natilayotgan tovarlarning qariyb 85 foizi Qozog‘iston orqali o‘tadi.Mamlakatning mavqei O‘rta yo‘lak nomi bilan ham tanilgan Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi (TXTY) tufayli yanada mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, 2022-yildan beri bu yo‘nalishning ahamiyati ortib bormoqda.2024-yilda TXTY orqali tashilgan tovarlar hajmi 20 foizga ko‘payib, 3,3 million tonnaga yetdi.Qozog‘istonda, shuningdek, Rossiyani chetlab o‘tadigan Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo‘lagi (TRACECA) kabi boshqa yo‘nalishlar ham mavjud.Qozog‘iston temir yo‘llar qurishni va investitsiyalarni jalb qilishni endigina boshlayotgan ba’zi qo‘shni mamlakatlardan ancha ilgarilab ketgan.TurkmanistonTurkmanistonning betarafligi va yakkalanish siyosati tufayli mamlakat ilgari Markaziy Osiyo ishlarida kamdan-kam ishtirok etgan.Biroq rahbariyatidagi o‘zgarish mamlakatning xalqaro siyosatga yondashuvini o‘zgartirdi va endi u turli transport yo‘laklarini yaratishga faol harakat qilmoqda.Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” sammiti arafasida Yevropa Ittifoqining ko‘plab rasmiy vakillari O‘rta koridorning yangi tarmog‘ini yaratish masalasini muhokama qilish uchun Turkmanistonga tashrif buyurdi.Shuningdek, mamlakat Ozarbayjon, Gruziya va Ruminiya bilan Kaspiy-Qora dengiz xalqaro transport yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha kelishuv loyihasini ishlab chiqmoqda.Bundan tashqari Turkmaniston Afg‘onistondan boshlanib, Ozarbayjon va Gruziya orqali Turkiyaga va ehtimol Yevropaga yetib boradigan Lojuvard yo‘lagini qayta tiklamoqda.Qozog‘iston kabi Turkmaniston ham Kaspiy dengizining sharqiy sohilidagi portdan (Turkmanboshi) foydalanishi mumkin.O‘zbekistonMintaqaning boshqa davlatlari kabi O‘zbekiston ham transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilmoqda.O‘zbekiston TXTY kabi yo‘nalishlarga tayanadi, biroq 2025-yil iyul oyida qurilishi boshlanishi kerak bo‘lgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lini faol ilgari surmoqda.Ushbu temir yo‘l Turkmaniston orqali o‘tadigan O‘rta koridorning yangi tarmog‘iga ulanishi va shu tariqa tovarlarning Qozog‘istonga kirmasdan Xitoydan o‘tishiga imkon yaratishi kerak.Shuningdek, O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istonga qaramligini kamaytirish maqsadida Ozarbayjon va Gruziya orqali Yevropaga, Eron orqali Turkiyaga, Afg‘oniston va Pokiston orqali Hindistonga o‘z yo‘llarini ochmoqda.Qirg‘iziston va TojikistonHozirda Qirg‘iziston va Tojikiston tranzit yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy raqobatbardosh hisoblanadi.Ikkalasi ham Xitoy bilan umumiy chegaraga ega va ikkalasi ham Xitoydan O‘zbekistonga o‘z hududi orqali yo‘l ochmoqchi.Qirg‘iziston allaqachon Qozog‘istonni chetlab o‘tishga yordam beradigan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lini qurish ustida ishlamoqda.Qirg‘iziston Rossiya bilan savdoga juda bog‘liq bo‘lgani uchun tranzit davlat sifatida Qozog‘istonga bog‘liq.O‘zbekiston va Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan muqobil yo‘lning topilishi bunday qaramlikni kamaytirishi mumkin.