Hisob-kitoblarga ko‘ra, 10-yilda xorijlik talabalar soni qariyb 18 barobarga oshgan.Yillar kesimida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi xorijlik talabalar soni: — 2015/2016 o‘quv yili – 0,7 ming nafar— 2016/2017 o‘quv yili – 0,6 ming nafar— 2017/2018 o‘quv yili – 1,3 ming nafar— 2018/2019 o‘quv yili – 2,7 ming nafar— 2019/2020 o‘quv yili – 3,6 ming nafar— 2020/2021 o‘quv yili – 4,2 ming nafar— 2021/2022 o‘quv yili – 5,1 ming nafar— 2022/2023 o‘quv yili – 5,0 ming nafar— 2023/2024 o‘quv yili – 10,8 ming nafar— 2024/2025 o‘quv yili – 12,5 ming nafarTalabalar sonining oshishi O‘zbekistonda ta’lim olish va yashash xarajatlari ko‘plab boshqa davlatlarga nisbatan arzonroqligi bilan uzviy bog‘liq. Bu esa ayniqsa Osiyo davlatlaridan kelayotgan talabalar uchun jozibador hisoblanadi.Bundan tashqari ba’zi mintaqaviy davlatlardagi beqarorlik va siyosiy o‘zgarishlar fonida O‘zbekiston barqaror va xavfsiz mamlakat sifatida ajralib turadi. Bu esa xorijlik talabalar, ayniqsa Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston kabi davlatlardan kelayotganlar uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Eng ko‘p qaysi mamlakat talabalari tahsil oladi?2023/2024 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida orasida eng ko‘p sonli guruhni Hindiston fuqarolari tashkil etgan — 5 733 nafar talaba.Quyida O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni davlatlar kesimida keltirilgan:Hindiston  5 733Pokiston  1 358Turkmaniston  904 Rossiya  750Qozog‘iston  537Tojikiston  285Qirg‘iziston  285Afg‘oniston  196 Xitoy  182Janubiy Koreya  176 Kanada  124Boshqalar  315Hindistonlik talabalarning aksar qismi O‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishida tahsil oladi. Bunga asosiy sabab O‘zbekistonda ta’lim narxlari boshqa davlatlarnikiga nisbatan arzonroq bo‘lganligida.Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlarida xorijiy talabalar soni bo‘yicha Qirg‘iziston va Qozog‘istondan keyingi o‘rinda turadi. 2023–2024 o‘quv yilida Qirg‘iziston universitetlarida 70 524 nafar xorijiy talaba o‘qigan. Bu esa mamlakatdagi barcha talabalar sonining 30,5 foizini tashkil etadi.Ko‘plab xorijlik talabalar Qirg‘iziston va Qozog‘istonni tanlashining bir nechta asosiy sabablari bor:l Tibbiyot va texnik ta’limga ixtisoslashgan oliygohlar;Hindiston, Pokiston, Bangladesh kabi davlatlardan minglab talabalar Qirg‘iziston tibbiy oliygohlarini tanlashadi. Qozog‘iston esa texnologiya, muhandislik va iqtisod sohalaridagi oliygohlari bilan tanilgan (masalan, Nazarboyev universiteti). Xalqaro miqyosda tan olinish;Ikkala davlatda ham oliy ta’lim muassasalari ko‘plab xalqaro akkreditatsiyalarga ega.Tibbiyot universitetlari MCI (Hindiston), WHO, ECFMG (AQSH) kabi tashkilotlar tomonidan tan olingan.Ta’lim va yashash xarajatlarining nisbatan arzonligi;AQSH yoki Yevropa bilan solishtirganda bu davlatlarda o‘qish va yashash ancha arzon, lekin sifat nisbatan yuqori.l Ingliz tilida ta’lim olish imkoniyati;Qirg‘izistonning ko‘plab universitetlarida to‘liq ingliz tilida darslar olib boriladi, bu esa ko‘plab xorijliklar uchun qulay.