7-aprel kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan u inauguratsiya qilinganidan keyin ikkinchi marta uchrashdi. Ommaviy axborot vositalari bilan suhbatda Tramp Gʻazo haqidagi oldingi fikrlarini takrorlab, uni “ajoyib muhim ko‘chmas mulk bo‘lagi” deb atagan.Tramp, shuningdek, falastinliklar Gʻazoni tark etishi va “boshqa mamlakatlarga ketishi” haqidagi taklifini takrorlab, go‘yo uning bu fikrlari “ko‘pchilikka yoqishi”ni iddao qilgan.Bir necha kundan so‘ng, Gʻazoning 70% ga yaqini falastinliklar uchun "taqiqlangan hudud"ga aylantirildi. Isroil Mudofaa vaziri Israyel Kas “AQSH prezidentining Isroilning amalga oshirishga intilayotgan qarashlari asosida” harakat qilayotganini tasdiqlagan. U, shuningdek, Isroil yanada ko‘proq hududni “qo‘lga kiritish” niyatida ekanini ta’kidlab, ketishni istagan falastinliklarga “ixtiyoriy ravishda chiqish” huquqi berilishini aytdi.Hozirga kelib Trampning Gʻazo bo‘yicha bayonotlari Isroilning Gʻazo sektorida uzoq yillik etnik tozalash konsepsiyasini qonuniylashtirishga xizmat qilgani ma’lum bo‘ldi. AQSH prezidenti "mening konsepsiyam" deb atagan narsa aslida uning konsepsiyasi emas.Isroilning Gʻazo sektorini o‘nlab yillar davomida bosib olgani va mustamlaka qilgani davomida, Falastinning bu qismi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish maqsadida Falastin aholisini ko‘chirish yoki tarqatish bo‘yicha ko‘plab rejalar ishlab chiqilgan. Mustamlakachilik usullarining kuchi ham sinovdan o‘tkazildi. Misol uchun, isroillik ko‘chmanchilarni jalb qilish va shu orqali Gʻazo sektorining demografiyasini o‘zgartirish uchun bir paytlar u hatto "Isroil Gavayi"si deb e’lon qilingan.1948-yilgi Arab-Isroil urushi paytida Isroilning harbiy maqsadlaridan tashqarida qolgan Gʻazo sektori 1949-yilgi sulh bitimlariga ko‘ra Misr harbiy boshqaruvi ostiga o‘tdi. Ilgari Falastinning Gʻazo tumani bo‘lgan Gʻazo sektorida ikki guruh falastinliklar: mahalliy aholi va Isroil o‘z hududini kengaytirganligi sababli o‘z yerlarini tark etishga majbur bo‘lgan qochqinlar istiqomat qilgan.Otishmalar to‘xtatilgach, Gʻazo Isroil siyosiy doiralarida "tugallanmagan ish" sifatida ko‘rila boshladi. Isroil rahbarlari nazorat qilishni xohlaydigan Misr chegarasi yaqinidagi hududda, yaxshisi, Falastin aholisi bo‘lmagani ma’qul ko‘rindi.Isroilning Gʻazoni kuch bilan bosib olishga birinchi urinishi 1956-yilda sodir bo‘lgan. Ammo AQSH prezidenti Duayt Eyzenxauyer bosimi ostida Isroil Bosh vaziri Devid Ben-Gurion o‘z fikridan qaytgan va Isroil ishg‘olini to‘xtatishdan boshqa chorasi qolmagan. Muvaffaqiyatsiz urinish Isroilga muhim saboq berdi: Yaqin Sharq xaritasini qayta tuzish va uning hududiy kengayishida muvaffaqiyat qozonish uchun Isroil Qo‘shma Shtatlarning qo‘llab-quvvatlashi va roziligiga muhtoj edi.1967-yilgi arab-isroil urushi bu borada ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi. Bosqin natijasida Gʻazo sektori bevosita Isroil nazoratiga o‘tdi. Bu falastinliklarni majburiy ko‘chirish va etnik tozalashning qayta boshlanishiga yo‘l ochdi. Zarur va joiz deb hisoblangan yoki Ben-Gurion ta’biri bilan aytganda, “muhim gumanitar va sionistik g‘oya” deb hisoblangan ko‘chirish Falastinni sionistlar tomonidan mustamlaka qilish jarayonini olg‘a siljitish uchun samarali vosita sifatida e’tirof etildi.Keyingi yillarda, falastinlik tarixchi Nur Masalxa ta’kidlaganidek, ko‘chirish “aholi almashinuvi”, “arablarning Arabistonga qaytishi”, “ixtiyoriy ko‘chish” va “reabilitatsiya” kabi turli nomlar bilan ataldi. Isroilning turli hukumatlari almashib tursa-da, ko‘chirish g‘oyasi turlicha nomlar bilar barqarorligicha qolaverdi.Mudofaa vaziri Moshe Dayan tomonidan "ko‘priklarni ochish" deb atalgan taklifda g‘azoliklarga ish izlab boshqa mamlakatlarga ketishga ruxsat berildi. Yana bir yondashuv Gʻazodagi qochqinlar lagerlarida "ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tishga" tayyor bo‘lgan falastinliklarga pasport va yo‘lkira berish bo‘lgan. Qanday yondashuv bo‘lishidan qat’i nazar, Isroilning siyosiy maqsadi falastinliklarni Gʻazo sektorini tark etishga undashdan boshqasiga o‘zgarmadi.Isroil bosh vaziri Levi Eshkol, “Oyga ketishsa ham, hammasi ketishini istayman” degan edi. Isroil noroziligini bildirar ekan, Faqat Falastin aholisi, xususan, ko‘plab qochqinlar borligi Gʻazoning Isroil tomonidan to‘liq anneksiya qilinishiga to‘sqinlik qildi.Isroilning Gʻazodagi ikkilanishiga javob izlagan uning siyosatchilari turli  yechimlar izladi. 1967-yilgi urushdan so‘ng darhol ko‘plab potensial ko‘chirish joylari paydo bo‘ldi. Ular orasida Gʻarbiy Sohil, Sinay yarim oroli, Iroq va hatto Kanada va Avstraliya kabi uzoq davlatlar bor edi.Isroilning sa’y-harakatlari va rejalariga qaramay, bu tashabbuslar barbod bo‘ldi, chunki Gʻazo sektorini tark etgan falastinliklar soni o‘ta kamligicha qolmoqda. Boshqa mulohazalarni, jumladan, ma’naviy, huquqiy va diplomatik jihatlarni hisobga olgan holda, Gʻazodan ko‘p sonli falastinliklarni ko‘chirish rejalari to‘xtatildi.Ammo isroillik siyosatchilar 2023-yil 7-oktyabrdan keyin nima qilish haqida o‘ylashganda, “ixtiyoriy emigratsiya” yoki majburiy ko‘chirish yana dolzarb bo‘la boshladi. Xalqaro fikr va potensial reaksiyalarga nisbatan e’tibor yo‘qoldi. Buning o‘rniga, Tramp Gʻazo bo‘yicha sionistik mafkuraning o‘nlab yillik orzularini Amerikaning rasmiy siyosatiga aylantirgan bayonotlar bera boshladi.AQSH prezidenti o‘zining siyosiy pozisiyasi bilan Isroilning Gʻazo sektoridagi uzoq yillik etnik tozalash konsepsiyasini qonuniylashtirdi. Shu bilan birga, uning siyosati falastinliklarni o‘z yurtlarida begona va shuning uchun "ko‘chirilishi mumkin" deb hisoblagan revizionistik sionizm bilan tobora ko‘proq moslashdi.Falastinliklar Isroil va mintaqa xavfsizligini ta’minlash uchun ketishlari kerakligini ta’kidlagan Tramp bosib olingan Falastin hududining boshqa qismlarida bo‘lgani kabi Gʻazodagi falastinliklar ham o‘z yerlarida o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega degan xalqaro miqyosda qabul qilingan tamoyildan chetga chiqdi.  Shafqatsiz qirg‘in urushi va ehtimoliy genosiddan keyin yerdan boshqa hech narsasi qolmagan odamlar uchun yaxshiroq kelajak haqidagi yolg‘on va’dalarga jiddiy munosabatda bo‘lish kerak. Tramp Isroilning rejalariga bergan qonuniylik ayni zamonda haqiqiy tahdiddir, ammo bu uning prezidentligidan keyin ham qolib ketishi mumkin.Buning sababi, u AQSH prezidentiga etnik tozalashni maqbul vosita sifatida taklif qilgan. Bu Isroilga yaqin yoki uzoq kelajakda – Gʻazo yoki Gʻarbiy Sohildan falastinliklarni "ko‘chirish", "reabilitatsiya qilish" va "ixtiyoriy emigratsiya"ni amalga oshirish imkoniyatini qoldiradi.Bundan tashqari, Amerika prezidenti Qo‘shma Shtatlar yerlarni noqonuniy egallab olish va mustamlaka qilishni qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor ta’kidlagan. Gʻazo (va Grenlandiya) "AQSH hududi"ga aylanishi mumkinligini taklif qilib, u ko‘pchilik dunyo rahbarlari tarix axlatiga tashlab ketgan g‘oyalarni qayta tikladi va tasdiqladi.Tramp nihoyat ikki davlat yaratish g‘oyasidan voz kechib, AQSH pozisiyasini o‘zgartirdi. Aslida, uning bayonotlariga qaraganda, u Gʻazodagi falastinliklar va ularning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga bo‘lgan jamoaviy huquqini umuman mensimasligini namoyish etadi.AQSHning hozirgi siyosatini tarixiy faktlar bilan solishtirganda, Trampning “Yaqin Sharq Rivyerasi” “ko‘chirish” modeli va “Isroilning Gavayi”si deb nomlangan mustamlakachilik loyihasi aynan bir xil kabi ko‘rinadi.Tramp lavozimida ekan, bunday muammolar ertangi kunning imkoniyatlariga aylanishi mumkin. Boshqa davlatlar uchun muammo Isroil-Amerikaning Falastinda davom etayotgan etnik tozalash va mustamlakachilarning yerlarni egallab olishini normallashtirishiga qarshi turishdir.Trudi Strend,Jenevadagi Oliy Iqtisodiyot maktabining Mojarolar, taraqqiyot va tinchlik o‘rnatish markazining ilmiy xodimi