YouGov UK tomonidan 2192 nafar britaniyaliklar o‘rtasida olib borilgan yangi tadqiqotga ko‘ra, bu odat millenial (1981-1996-yillar) va Z avlodi (1997-2012-yillar) ayollari tomonidan ko‘proq voz kechilmoqda.Buning o‘rniga, ko‘proq ayollar qizlik familiyasini saqlab qolish yoki muqobil variantni - qo‘sh familiyani tanlashni afzal ko‘rmoqda.Buyuk Britaniyada 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan ayollarning atigi 35 foizi erining familiyasiga o‘tishini aytgan bo‘lsa, yosh ayollarning 24 foizi esa ikkala sherikning ham o‘zlarining asl familiyalarini saqlab qolishlarini afzal ko‘rishadi. Bu o‘sha yoshdagi erkaklar o‘rtasidagi so‘rovnoma natijalaridan ikki baravar ko‘p.Shuningdek, so‘rov natijalariga ko‘ra, 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning 17 foizi va ayollarning 20 foizi qo‘shaloq familiya yoki erkak o‘z xotinining familiyasini olishini ma’qullaydi.Biroq, juft familiyalar britaniyaliklar orasida eng kam tarqalgan variant.Erining familiyasini olgan ayol barcha yosh guruhlarida ko‘pchilikni tanlagan: erkaklarning 56 foizi va ayollarning 51 foizi shu an’anaga sodiq. 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning deyarli uchdan bir qismi o‘z xotinining familiyasini olgan erkakka "ijobiy" munosabatda.Ayolning o‘z familiyasini erining familiyasiga o‘zgartirishi homiylik qoidalari bilan parallel ravishda rivojlangan, erining himoyasi va hokimiyati ostida bo‘lgan ayolning huquqiy maqomini belgilab bergan.Familiyaning o‘zgarishi er va xotin nikohdan keyin "bir" bo‘lib qolishini anglatishi  juda romantik tuyulishi mumkin, lekin aslida ayol qonuniy ma’noda mavjud bo‘lmay, uning mulki nikohdan keyin erining mulkiga aylanishini anglatardi.Shu tariqa, familiyaning o‘zgarish odati tarixan erkakning xotinining mulkini nazorat qilishi va ayolning mustaqil shaxs sifatida mavjudligini inkor etishi bilan bog‘liq.Ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida bu an’ana hanuzgacha ko‘pchilik turmush qurgan juftliklar uchun norma hisoblansa-da, Ispaniya va Islandiyadagi ayollar turmush qurishda o‘z familiyasini saqlab qoladi, Gresiyada esa 1983-yildan beri xotinlar qonun bo‘yicha o‘z familiyasini umrbod o‘zgartirmasligi  shart.Eskirgan va mustahkam patriarxal an’analar gender tengligi va asosiy feministik qadriyatlarga zid bo‘lsa-da, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab ayollar hali ham erning familiyasiga o‘tish an’anasini quvonchli hodisa deb bilishadi.Yaqinda Amerikada bu masala bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik ayollar hali ham erining familiyasini olishni afzal ko‘rishadi. 2023-yilda so‘rovda qatnashgan ayollarning qariyb 80 foizi erining familiyasini olgan, 14 foizi o‘z familiyasini saqlab qolgan, 5 foizi esa qo‘sh familiyani tanlagan.Aksariyat arab va musulmon mamlakatlarida ayol turmush qurgandan keyin ham qizlik familiyasini saqlab qoladi va erining familiyasini olmaydi. Bu arabcha nom qo‘yishning klassik tizimi bo‘lib, unda shaxs nasab orqali aniqlanadi va oila rishtalarini buzish taqiqlanadi. Bir qator mamlakatlarda rasmiy hujjatlarda (pasport, ID-karta) u "falonchining xotini" deb ko‘rsatilishi mumkin, ammo bu familiyaning qonuniy o‘zgarishi bilan bir xil emas.