Foto: VatandoshTv22-sentyabr. Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi binosi. Mahkama yonida o‘nlab odamlar, jurnalist va blogerlar yig‘ilgan. Ularning barchasi diniy ulamo Mubashshir Ahmad sudida ishtirok etish uchun turli joylardan, hatto uzoq viloyatlardan kelishgan.Hamma tartib bilan sud zaliga kirdi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, sudya Bobur Rahimov yordamchisi yig‘ilganlarga sud majlisi boshqa kunga qoldirilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, sudya boshqa sud majlisi bo‘yicha maslahatga kirib ketgani bois, qoldirilgan. E’tiborli tomoni shundaki, sud zaliga ulamoning o‘zi ham ichki ishlar xodimlari hamrohligida olib kelingandi.Eslatib o‘tamiz, 18-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida davlat ayblovchi, Uchtepa tumani prokurori o‘rinbosari Erkin Narzullayev suddan prokuror Mubashshir Ahmadga “o‘zaro sanksiyalarni qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish” va “Bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida jarima” qo‘llashni so‘ragan edi.Mubashshir Ahmad himoyachilari esa 2 ta modda, “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tarqatish” hamda “Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish” ayblovlarini olib tashlashni so‘radi. Shuningdek, materiallarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ruxsatisiz tarqatishga doir ayblovni qisman tan olib, bu harakat ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganini bildirdi.  Keyingi sud majlisi 29-sentyabr, soat 14:00 ga belgilandi.<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/D0mgtJDpNt8?si=SWokMZedlyKjW4WG" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>