Foto: VatandoshTVAvval xabar qilganimizdek, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga oid sud jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.Sudning navbatdagi majlisi, 18-sentyabr kuni davom ettirildi. Sudya Bobur Rahimov raisligida o‘tgan sud majlisining muzokara bosqichida davlat ayblovchisi Mubashshir Ahmadga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishini so‘radi.Eslatib o‘tamiz, Mubashshir Ahmad Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)da ayblanmoqda.Navbatdagi sud majlisi 22-sentyabr, soat 14:00 ga belgilandi.<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/WajW8vVmI8M?si=eXTnfir5XLTSu1yY" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>