Foto| Vatandosh TVVatandoshTV tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan Intellektual klub yig‘ilishining navbatdagi soni O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari, O‘zbekistonda Xitoy sarmoyalari ortishining mamlakat iqtisodiyoti va hayotiga ta’siri atrofidagi fikr-mulohazalarga bag‘ishlandi. Tadbir davomida siyosiy fanlar doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi ilg‘or tadqiqotlar instituti Hind-Tinch okeani tadqiqotlar markazi Xitoy tadqiqotlari dasturi rahbari Abbos Boboxonov O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari, O‘zbekistonning Xitoyga nisbatan strategiyasi: u qanday bo‘lishi kerak?” degan savolni ko‘ndalang o‘rtaga tashladi va o‘z taklif va xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.Abbos Boboxonovga ko‘ra, Xitoy-O‘zbekiston munosabatlari bir necha ming yil oldingi davrlarga borib taqaladi. Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi, bu hududga Xitoy vakillarining kelishi va hududni ochishi Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarining boshlanishi hisoblanadi. Shu zaylda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar hozirgacha davom etib kelmoqda. Bugungi kunda Xitoy siyosiy, iqtisodiy va ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekistoning strategik yirik hamkori hisoblanadi. O‘zaro munosabatlarda suverenitetga daxl qilmaslik, hududiy yaxlitlik, mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro manfaatlar, tajovuz qilmaslik, ichki ishlariga aralashmaslik, teng huquqlilik, tinch-totuv yashash tamoyillariga amal qilib keladi. Ikki tomonlama manfaatlardan tashqari Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, BRICS, BMT, Markaziy Osiyo-Xitoy formatlarida hamkorlik olib boriladi.O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida 4 bosqichli strategik hamkorlik shartnomalari imzolangan:2012-yil 6-iyunda strategik sheriklik;2016-yil 22-iyunda keng qamrovli strategik sheriklik;2022-yil 15-sentyabrda yangi davrda keng qamrovli strategik sheriklik;2024-yil yanvarda har tomonlama strategik hamkorlik o‘rnatilgan.Ikki tomonlama siyosiy munosabatlarda davlat rahbarlarining uchrashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. 1991-yildan bugungi kungacha davlat rahbarlari 25 marotaba uchrashgan. Bu vaqt mobaynida 300 ga yaqin hujjatlar imzolangan. 3,5 mingta Xitoy sarmoyasi asosidagi korxonalar ishga tushirilgan.O‘zbekiston-Xitoy aloqalari bosqichlarga bo‘linishi:Birinchi bosqich — Sovet Ittifoqi davridan Mustaqillikka qadarBu vaqtda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari Sovet ittifoqi va XXR munosabatlari doirasida o‘rganilgan. Xitoyning Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqish yoki munosabat o‘rnatish imkoniyati bo‘lmagan. 90-yillarda Sovet Ittifoqining qulashi Markaziy Osiyodagi vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi.Ikkinchi bosqich — Islom Karimov davri (1991-2012 yillar)Bu vaqtda chegaralangan iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik va gumanitar munosabatlarni rivojlantirilgan. Ammo O‘zbekiston barcha yirik davlatlarga nisbatan “masofani saqlash siyosatini” olib borgan. Shuningdek, O‘zbekiston hududida Rossiya eng asosiy yetakchi kuch bo‘lgan. Rossiya va Xitoy hisoblashishga majbur bo‘lgan. Rossiya siyosiy-harbiy sohada yetakchi bo‘lgan. Xitoy esa iqtisodiy masalalarga mas’ul bo‘lgan. Bundan tashqari, umumiy chegaraning yo‘qligi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida bahsli muzokaralarsiz teng hamkorlikka imkon bergan.Ikkinchi bosqich — 1991-2012 yillardagi to‘siqlar:Rossiyaning siyosat, harbiy va xavfsizlik sohalaridagi dominant roli;Mintaqaviy muammolar: suv taqsimoti, chegara masalalari va energetika nizolari;Iqtisodiy salohiyatga past baho berilganXitoy uchun ustuvor bozorlari: Yevropa Ittifoqi, AQSH, Osiyo davlatlari bo‘lgan. (Markaziy Osiyoning Xitoy iqtisodiyotidagi ulushi o‘sha davrda atigi 0,7% edi. Hozir bu ko‘rsatkich 2% ga yaqinlashgan).Uchinchi bosqich. Pragmatik va o‘zaro manfaatli hamkorlikning rivojlanishi (2012-yildan bugunga qadar)Yangi davrni boshlab bergan omillar:2012-yilda Si Szinpin Xitoy rahbariyatiga keladi. “Bir kamar, bir yo‘l” strategiyasi e’lon qilinadi;Asosiy e’tibor xavfsizlikdan iqtisodiy rivojlanish va xalqaro hamkorlikka yo‘naltiriladi;Pandemiyadan so‘ng AQSH va Yevropa davlatlari bilan Xitoy munosabatlari sovuqlashadi. Xitoy tovarlariga cheklovlar joriy qilinadi;Markaziy Osiyoda 3 davlat rahbari almashadi. Yangi rahbarlar ochiqligi bilan do‘stona muhit shakllanadi.O‘zbekistonning Xitoyga nisbatan strategiyasi: u qanday bo‘lishi kerak?Abbos Boboxonov oʻz taqdimotida bunga alohida to’xtalib o’tib, bir qancha muhim jihatlarga urg’u berdi.Ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik davom etishi kerak (Iqtisodiy hamkorlik, ayniqsa qarz olishda ehtiyotkor bo‘lish zarur;Shartnoma imzolashda huquqshunos va iqtisodchilar yordami kerak (savdo nomutanosibligini bartaraf etish lozim. 2023-yilda tovar ayirboshlash hajmi $14 mlrd bo‘lgan, shundan Xitoy importi $2,5 mlrd, eksporti esa $11,4 mlrdni tashkil qilmoqda);Madaniy-gumanitar sohasida aloqalar rivojlanishi zarur;Transport-logistika tizimi diversifikatsiya qilish iqtisodiy xavfsizligimizni ta’minlaydi (Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li va Transafg‘on temir yo‘li kabi loyihalari ko‘payishi kerak. Ammo bunday shartnomalarda temir yo‘llarni boshqaruvi paritet, ya’ni teng taqsimot asosida amalga oshirilishi lozim);Xitoy xorijiy loyihalarda asosan o‘z ishchilari va mahsulotlaridan foydalanishni talab qiladi. Shu sababli bu jarayonga ishchilarni yollashda kvota belgilash kerak;Markaziy Osiyo davlatlariga, jumladan, O‘zbekistonga Xitoyning siyosati va prinsiplarini o‘rganish uchun “aql markazlari” kerak;O‘zaro investitsiya loyihalarini amalga oshirish darajasini, sifatini doimiy nazorat qilib borish zarur;Migratsiya muammolari va turli xil negativ (sinofobik) qarashlar oldi olinishi lozim (Ekspertlar fikricha, Xitoy tomonidan migratsiya O‘zbekistonda bandlik va mahalliy sharoitga ularni integratsiyalashuv jarayonlariga ta’sir qilishi mumkinligini qayd etishadi.“Xitoyda shunday gap bor: “Odamlar bo‘g‘ilishdan qo‘rqib ovqatdan bosh tortmasliklari kerak. Faqat qo‘lingizga tushgan hamma narsani og‘zingizga befarqlik bilan solmang”. Bu degani biz Xitoydan qo‘rqib turib, masofa ushlashimiz kerak degani emas. Hamma narsani og‘izga solish deganda biz Xitoydan hamma narsada to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanmasligimiz kerak. Ayrim chegaralar bo‘lishi kerak. Garchi, “Bir kamar va bir yo‘l” tashabbusi ortida global-iqtisodiy manfaatdorlik bo‘lsa-da, uning doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga xayriya sifatida qaramaslik kerak. Tikilgan har bitta mablag‘ni javobgarligi va qaytarilishi bor. Bundan tashqari, Xitoyning “Soyada turish va hech qachon o‘zining kuch-imkoniyatlarini namoyon qilmaslik va qulay vaqt kelishini kutish” siyosatini o‘ziga nisbatan ishlatishimiz kerak. Asosiy e’tibor geosiyosiy bahslardan ko‘ra iqtisodiy taraqqiyot va mamlakatni modernizatsiya qilishga qaratish kerak va siyosiy muammolardan chetda turishimiz kerak. Bizga boy qo‘shnilar - tinch chegaralar kerak”, deya o‘z taklif va xulosalarini beradi ekspert.<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NBNuuNrRzMk?si=acHq7-FVgtId_W1m" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>