Foto: Sky NewsThe Lancet jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligini moliyalashtirishning tugatilishi 2030-yilga kelib 14 milliondan ortiq qo‘shimcha o‘limga olib kelishi mumkin. Bundan 4,5 millioni 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisobiga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yanvar oyida o‘z lavozimiga kirishganidan beri USAID va uning butun dunyo bo‘ylab yordam dasturlarini moliyalashtirishni qisqartirdi. Davlat rahbari buni AQSH hukumatining isrofgarchilikni bartaraf etish bo‘yicha keng qamrovli rejasining bir qismi sifatida izohladi.Inson huquqlari bo‘yicha mutaxassislar va faollar qisqartirishlarga qarshi ogohlantirish berdilar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, USAID mablag‘lari global sog‘liqni saqlashni yaxshilashda, ayniqsa past va o‘rta daromadli mamlakatlarda, xususan, Afrika davlatlarida muhim rol o‘ynagan.Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yigirma yil ichida USAID tomonidan moliyalashtirilgan dasturlar dunyo bo‘ylab 91 milliondan ortiq insonning, jumladan, 30 million bolaning hayotini saqlab qolgan. Tashkiloti qayd etgan barcha hissalarning kamida 38 foizini tashkil etadi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili u 61 milliard dollarlik xorijiy yordam ajratgan va buning yarmidan sal ko‘prog‘i USAID orqali amalga oshirilgan.“Hisob-kitoblarimiz shuni ko‘rsatadiki, agar 2025-yilning birinchi yarmida e’lon qilingan va amalga oshirilgan mablag‘larni keskin qisqartirish bekor qilinmasa, 2030-yilga kelib oldini olish mumkin bo‘lgan o‘limlar soni dahshatli darajada ko‘payishi mumkin”, - deyiladi tadqiqotda.AQSH davlat kotibi Marko Rubio mart oyida Tramp ma’muriyati olti haftalik tekshiruvdan so‘ng USAIDdagi barcha dasturlarning 80 foizdan ortig‘ini bekor qilganini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, qolgan 1000 ga yaqin dastur ham endi AQSh Davlat departamenti tomonidan Kongress bilan maslahatlashgan holda “samaraliroq” boshqariladi.