Foto: SputnikXalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekiston fiskal va monetar siyosati bo‘yicha tahlil va tavsiyalarini e’lon qilgandi.  Iqtisodchi Yuliy Yusupov ushbu tavsiyalar yuzasidan fikrlarini bayon etdi..Taʼkidlanishicha, XVJ O‘zbekiston hukumatiga soliq tushumlarining YIMga nisbatan 2020-yildan buyon 2 foiz punktga pasayganini qoplash va soliq tizimini adolatliroq qilish maqsadida byudjet daromadlarini oshirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqishni tavsiya etmoqda. Buning uchun quyidagilar taklif qilinmoqda:⚫️  alkogol, qazilma yoqilg‘i, transport vositalari va shakarga maxsus aksizlar stavkalarini oshirish;⚫️  investitsiyaviy imtiyozlarni qisqartirish, ularni uzaytirishdan yoki yangilarini joriy etishdan voz kechish;⚫️  samarasiz bojxona imtiyozlarini bekor qilish va yangi imtiyozlarni joriy etmaslik;⚫️  jismoniy shaxslar daromad solig‘ining joriy bir xil stavkasi o‘rniga progressiv shkala joriy etish.Iqtisodchining fikricha, mamlakatning muammosi daromadlarning kamayishida emas, balki xarajatlarning keskin oshishidadir.Yusupov ta’kidlaydiki, XJV tavsiyalari voqelikni hisobga olmaydi: O‘zbekiston boy mamlakat emas, faqat boy iqtisodiyotlargina yuqori soliqlarga dosh bera oladi.“Bunday sharoitda XJV nimani taklif qilmoqda? Soliq yukini oshirishni. Bu mutlaqo bema’nilik”, - dedi u.Yusupov XJV tavsiyalari mamlakatning makroiqtisodiy sharoitlariga mos kelmasligini ta’kidladi. Iqtisodchiga ko‘ra, aholi jon boshiga daromad darajasi past (~3000 dollar) va davlat xarajatlari ulushi yuqori (YAIMning 40 foizidan ortiq) sharoitda soliq yukining oshirilishi iqtisodiy o‘sish va biznesning raqobatbardoshligiga zarar yetkazishi mumkin.Iqtisodchi O‘zbekiston fiskal va monetar siyosati uchun quyidagilarni taklif qildi:davlat xarajatlarini, ayniqsa iqtisodiy xarajatlarni keskin qisqartirish;davlatning mulkdor sifatidagi rolini kamaytirish;biznes uchun soliq va qarz yukini yengillashtirish;raqobatni kuchaytirish uchun imtiyozlar va to‘siqlarni bekor qilish;qtisodiyotda amaldorlarning rolini qayta ko‘rib chiqish.“Amaldorlar ixtiyorida qancha ko‘p mablag‘ bo‘lsa, ular shuncha ko‘p narsa xohlaydi. Va hech qachon yetarli bo‘lmaydi”, - dedi Yusupov.Iqtisodchining fikricha, iqtisodiyotda davlat ishtiroki tamoyillarining o‘zini tizimli isloh qilmasdan, har qanday soliq choralari samarasiz bo‘ladi.