Foto: White House/Daniel TorokKeyingi 24-48 soat AQSh uchun Eron bilan mojaroni diplomatik yo‘l yoki  harbiy harakatlarga qo‘shilish bilan tugashini hal qiluvchi vaqt bo‘ladi. AQSh rahbari Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning hozirgi joylashuvini bilishini  sha’ma qilib,  Erondan “so‘zsiz taslim bo‘lishi”ni talab qildi. Bu haqda AQSh manbalariga tayangan holda ABC News xabar berdi. AQSh vakillari Eronning zaif holatda ekanligi, muzokaralar stoliga qaytishga hamda oxir-oqibat yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvni qabul qilishga majbur bo‘lishiga ishonmoqda.  Vashington Tehrondan uranni boyitishdan butunlay voz kechishni talab qildi.ABC Newsning xabar berishicha, agar Tehron muzokaralarga rozi bo‘lsa, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va vitse-prezident Jey Di Vens ishtirokidagi yuqori darajadagi uchrashuv shu haftaning o‘zidayoq o‘tkazilishi mumkin. Bunday holatda Eron tezroq qaror qabul qilishi kerak, chunki Tramp allaqachon “sabr-toqati tugayotganini” ta’kidlagan.The New York Times gazetasining xabar berishicha, AQSh urushga qo‘shilguday bo ‘lsa, Amerika harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalar va boshqa qurol-aslahalarni tayyorlab qo‘ygan.Shuningdek, Amerika amaldorlari orasida keng ko‘lamli urush xavfi haqidagi tashvish ortib bormoqda. Agar AQSh Eronning Fordodagi asosiy yadro obyektiga zarba bersa, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Yaman husiylarining guruhlari Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarni shubhasiz qayta boshlaydi.Axios manbalarining xabar berishicha, Donald Tramp AQShning Isroil va Eron o‘rtasidagi urushga aralashuvi hamda Eron yadro obyektlariga, jumladan Fordoga, hujum qilish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘rib chiqmoqda.Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘rinbosari Sergey Ryabkov AQShning Isroilga har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yordam ko‘rsatishi G‘arbiy Osiyodagi vaziyatni jiddiy ravishda yomonlashtirib yuborishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin o‘z sharhlarida Eron va Isroil o‘rtasidagi hozirgi holat tang ekanligini ta’kidladi. Rossiyaning “Interfaks” axborot agentligi xabar berishicha, Ryabkov Vashingtonni Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam ko’rsatishdan qaytarib, dedi:“Rossiya Eron va Isroil urushida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashmaydi. Chunki 2025-yilning yanvarida imzolangan strategik sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda kelishuv tomonlaridan biriga hujum qilingan taqdirda o‘zaro mudofaa yoki yordam haqida hech narsa ko‘zda tutilmagan.Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasining o‘zi Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya bilan band. Mamlakatning harbiy resurslarining mutlaq ko‘p qismi barcha jihatdan juda qimmatga tushadigan ushbu harbiy tadbirga yo‘naltirilgan. Bunday sharoitda Rossiya Eronni qat’iy harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qodir emas va ochig‘ini aytganda, qanchalik xohlamasin, jiddiy yordam ko‘rsata olmaydi.Eronning o‘zi shuncha vaqtdan beri o‘zini mustaqil davlat sifatida namoyon etib kelmoqda va o‘zini himoya qilishda hech kimga tayanmasligini doimo ochiq ta’kidlagan. Shu sababli uning Rossiya yoki Xitoy bilan urush holati uchun o‘zaro mudofaa yoki o‘zaro yordam to‘g‘risida hech qanday kelishuvi yo‘q”.