Foto: BBC News UzbekXalqaro mehnat tashkiloti davlatlarning bolalar mehnat ko‘rsatkichini e’lon qildi — Unda O‘zbekiston 76- o‘rinni qayd etdi. UNICEFning 2024-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, 99 ta mamlakat orasida eng past bolalar mehnati ko‘rsatkichi Turkmaniston (0,3%), Shri-Lanka (0,8%) va Barbados (1,4%)da qayd etilgan. Eng yuqori darajadagi ko‘rsatkichlar esa Chad (39%), Burkina-Faso (41,5%) va Efiopiyada (45%).  O‘zbekiston bu ro‘yxatda 76-o‘rinda — bolalarning 20,6 foizi bolalar mehnatiga jalb etilgan.Foto: Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi O‘zbekistonda bolalar mehnati ko‘rsatkichini kamaytirishga qaratilgan islohotlarButunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni har yili 12-iyun kuni nishonlanadi va BMT 2021-yilni bolalar mehnatiga qarshi kurashish yili deb e'lon qilgan. 2030-yilgacha bolalar mehnatining barcha shakllariga barham berish BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan asosiy vazifa hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda BMT Bosh Assambleyasida majburiy va bolalar mehnatining har qanday shakllariga barham berish choralari haqida gapirdi.2018-2021-yillarda bolalar mehnatiga qarshi qonunlar kuchaytirildi, mehnatga majburiy jalb qilish va bolalar mehnatidan foydalanishga nisbatan ma'muriy va jinoyat javobgarligi joriy etildi2018-yilda AQSh O'zbekistonning paxta mahsulotlarini bolalar mehnati orqali yetishtiriladigan mahsulotlar ro'yxatidan chiqardi. 2020-yilda AQSH Mehnat vazirligi bolalar mehnatining eng yomon shakllariga qarshi kurashishda muvaffaqiyatlar e'tirof etildi. 2021-yilda “Kotton Kompeyn” xalqaro koalitsiyasi O'zbekistonda paxta yig'im-terim mavsumida bolalar va majburiy mehnatning oldini olish choralarining samaradorligini tan oldi.UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yilda 5-17 yoshdagi bolalarning foizdan ortig‘i mehnat bilan shug‘ullanayotgan deb hisoblangan. 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich 2% dan pastga tushdi.2023-yilgi Xalqaro mehnat tashkiloti tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda sistematik bolalar mehnati deyarli yo‘qolgan, lekin ayrim hududiy epizodik holatlar ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi.