Foto:  Rossiya Tashqi ishlar vazirligiTIV vakili Mariya Zaxarovaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston tomonidan yuborilgan so‘rov va undagi ma’lumotlar sinchiklab o‘rganilib, Rossiyaning tegishli vakolatli organlariga yetkazilgan. O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga yaqinda Moskvadagi reyd chog‘ida kuch ishlatar tuzilmalar mehnat migrantlariga nisbatan qo‘pol muomala qilgani yuzasidan nota yuborgandi. “Biz O‘zbekiston elchixonasidan nota olganimizni tasdiqlaymiz. Unda keltirilgan ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganmoqdamiz. Huquq-tartibot idoralari va boshqa xizmatlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa kanallari mavjud. Ittifoqchilik va strategik sheriklik tamoyillariga muvofiq, har qanday signal sinchkovlik bilan ko‘rib chiqiladi”, - dedi Zaxarova.Rossiya TIV O‘zbekistonning Moskvadagi reyd bo‘yicha so‘roviga oid ma’lumotlar belgilangan tartibda Toshkentga yuborilishini ham ta’kidladi.