Foto: Oyina.uz2025-yilning 28-may — 3-iyun kunlari Toshkent shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.  Unda 13 ta davlatdan — Saudiya Arabistoni, Turkiya, Ozarbayjon, Mongoliya, Belarus, Vetnam, Rossiya, Gruziya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston vakillaridan iborat jami 115 nafar o‘quvchi (28 ta jamoa) ishtirok etdi.Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumiy hisobda 69 nafar ishtirokchi (12 ta oltin, 24 ta kumush, 33 ta bronza) medal bilan taqdirlandi. Ulardan 19 tasi — 6 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza medali O‘zbekiston vakillariga nasib etdi. Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi yakka peshqadam sifatida e’tirof etildi.Xalqaro olimpiada hakamlar hay’ati tarkibida Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Belarus va Angliya kabi davlatlardan yuqori malakali ekspert mutaxassislar hamda O‘zbekistondan akademik unvonga ega professorlar ishtirok etib, musobaqaning shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minladi.Foto: Oyina.uzOlimpiada ikki bosqichda tashkil etildi:⚫️  1-tur — laboratoriya (amaliy) ishlari — 1 ta topshiriq, maksimal 30 ball;⚫️  2-tur — nazariy ishlar — 5 ta topshiriq, har biri maksimal 10 balldan baholanib, jami 50 ball.Ma’lumot uchun, mazkur xalqaro kimyo olimpiadasi ilk bor 2023-yilda Xiva shahrida tashkil etilgan bo‘lib, unda 15 mamlakatdan 130 nafardan ortiq o‘quvchi qatnashgan va O‘zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.