O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi. "O‘tgan oy oxirida biz Buyuk Britaniya jamoasi bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Londonda bo‘ldik. Endi ularning yakunlanganini e’lon qilmoqchiman. O‘shandan beri Bayonnomani imzolash uchun barcha ichki tartib-qoidalardan o‘tdik", - deb yozadi Azizbek O‘runov.Hujjat 12-iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadigan Ishchi guruhning 10-yig‘ilishi doirasida imzolanadi.Azizbek O‘runov Britaniya tomoniga qo‘shilishni faol qo‘llab-quvvatlagani, shuningdek, O‘zbekiston muzokarachilar jamoasiga tinimsiz mehnati uchun minnatdorlik bildirdi.JSTga a’zo bo‘lish jarayonida O‘zbekistonning umumiy  holati haqidaO‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish jarayonini 1994-yilda boshlagan bo‘lib, 2017-yilgacha bu boradagi muzokaralar sust kechgan. Vatandosh Intellektual klubining dastlabki sonida O’zbekistonning JST ga a’zo bo’lish jarayonini kechikish sabablari, unga a'zo bo ‘lish mamlakatga nima berishi haqida muhokama qilingan edi.<iframe width="1037" height="551" src="https://www.youtube.com/embed/smh01z4M9c8" title="Jahon savdo tashkilotidan O'zbekiston nima yutadi, nima yutqazadi? @vatandosh_tv" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>2020-yildan keyin Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan jarayon sezilarli darajada faollashdi va O‘zbekiston 2025-yilgacha JSTga a’zo bo‘lishni maqsad qilib qo‘ydi. Hozirga qadar O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun jami 24 davlat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi va Buyuk Britaniya ular qatoriga kirgan. Buyuk Britaniya JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagan 24-davlat bo‘lib, O‘zbekiston hozirda AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaponiya kabi yirik iqtisodiy bloklar bilan ham yakuniy pozitsiyalarni muvofiqlashtirish ustida ishlamoqda. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi eksportchilar uchun yangi bozorlarni ochishga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirishga, xalqaro standartlarga moslashishga va xorijiy investorlar uchun barqaror huquqiy muhit yaratishga xizmat qiladi. Buyuk Britaniya bilan yakunlangan muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantiradi va ayniqsa, to‘qimachilik, oziq-ovqat va kimyo sanoati tarmoqlarida yangi imkoniyatlar yaratadi. Buyuk Britaniya ayni vaqtda O‘zbekiston eksportining taxminan 2% atrofini tashkil etuvchi muhim savdo hamkori hisoblanadi. Jenevada 2025-yilning 12-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan ishchi guruh yig‘ilishi JSTga a’zo bo‘lish jarayonida muhim bosqich bo‘lib, unda O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari va tayyorligi batafsil ko‘rib chiqiladi hamda ishchi guruhning yakuniy hisobot loyihasi tayyorlanadi. Bu hisobot keyinchalik JST Bosh kengashida muhokama qilinadi va qabul qilinadi. JSTga a’zo davlatlar soni hozirda 164 ta bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari ichida JSTga a’zo bo‘lmagan davlatlar sifatida faqat Turkmaniston va Afg‘oniston qolmoqda. Shuningdek, Prezident Mirziyoyev yil oxirigacha qolgan 9 ta davlat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash, ishchi guruhning yana ikkita yig‘ilishini o‘tkazish va ishchi guruhning yakuniy hisoboti loyihasini tayyorlashni topshirgan.O‘zbekiston hukumati JSTga a’zo bo‘lishni 2026-yilda Kamerunda bo‘lib o‘tadigan 14-Ministerial konferensiyaga qadar yakunlashni maqsad qilgan.