Netflix striming platformasining Amir Temurning hayoti va hokimiyatdagi yo‘lini hikoya qiluvchi tarixiy drama – “Temur: So‘nggi g‘olibning yuksalishi” nomli filmining suratga olish ishlarini tamomladi.Qayd etilishicha, bu asar buyuk sarkardaning shonli yuksalish tarixini aniqlik va o‘sha davr muhitiga alohida e’tibor bilan namoyon etadi.Foto: Instagram/tamerlanmovie“Biz mintaqaning eng muhim shaxslaridan biri hayotini aynan u yashagan va jang qilgan yerda aks ettirdik. Bu suratga olish jarayoni uchun bebaho imkoniyat bo‘ldi”, - deya izoh bergan film mualliflari.Ma’lumot uchun, uning rejissyori Jeykob Shvars, ssenariy muallifi esa Metyu Grin. Amir Temur rolini amerikalik aktyor Kristian Mortensen, Temurning rafiqasi O‘ljoy rolini esa Yulduz Rajabova ijro etgan.Foto: Instagram/tamerlanmovieTasvirga olish ishlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan. Hozirda film postprodakshn bosqichida. Uning premyerasi 2025-yilning yoz oyida bo‘lishi kutilmoqda.Eslatib o ‘tamiz, tarixiy dramaning suratga olish ishlariga 2022-yil oxirida start berilgan.