O‘zbekistonda madaniy merosni asrash va uni jahon miqyosida targ‘ib qilish masalasi davlat siyosati darajasidagi ustuvor masala hisoblanadi. Davlat tashabbuslari bilan bir qatorda, nodavlat tashkilotlar, fondlar, jamoat birlashmalari va hatto individual tashabbuskorlar ham bu yo‘lda bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Ular nafaqat o’zbek madaniyatini targ’ib qilmoqda, balki yangi kelgan o’zbekistonliklarni jamiyatga integratsiyalashuv jarayoniga amaliy yordam bermoqda.Vatandosh TV ning  ushbu maqolasida xorijdagi o‘zbekistonliklar  tomonidan tashkil etilgan markazlar, madaniy uyushmalar, nodavlat muassasalar  faoliyati haqida so‘z boradi.1.Uzbek Community Center of San Francisco Bay Area (UCCSFBA)San-Fransisko ko‘rfazi hududida joylashgan Uzbek Community Center of San Francisco Bay Area (UCCSFBA) — AQShdagi o‘zbekistonliklarning eng faol va ta’sir kuchi ancha yuqori bo’lgan nodavlat tashkilotlaridan biridir. 2019-yilda tashkil etilgan bu markaz o‘zbek madaniyatini saqlash, targ‘ib qilish va yangi avlodga yetkazish, shuningdek, AQShga yangi kelgan vatandoshlarni jamiyatga integratsiya qilishga xizmat qiladi. Foto: Uzbek Community Center SF Bay area instagram sahifasiMarkazning asosiy maqsadi — o‘zbek madaniyati va hamjamiyatini san’at, ta’lim, sport va madaniy tadbirlar orqali saqlash, targ‘ib qilish va mustahkamlashdir . UCCSFBA o‘zbek tilini o‘rgatish, madaniy an’analarni saqlash, sport tadbirlari, ta’limiy dasturlar va ijtimoiy xizmatlar orqali jamiyatni birlashtirishga intiladi.UCCSFBA muntazam ravishda madaniy tadbirlar, bayramlar va festivallar tashkil etadi. Masalan, 2024-yil 5-may kuni markazning 5 yilligi va bahor bayrami nishonlandi . Shuningdek, markaz Turkic Cultural Festival, Silicon Valley Fall Festival va International Kids Festival kabi tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘zbek madaniyatini keng jamoatchilikka tanitadi.UCCSFBA yangi kelgan vatandoshlar uchun turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi, jumladan:⚫️ Soliq deklaratsiyasi bo‘yicha seminarlar;⚫️ Huquqiy hujjatlar bo‘yicha maslahatlar;⚫️  Tibbiy savollar bo‘yicha ma’lumotlar;⚫️  Kompyuter savodxonligi kurslari;⚫️  Ish topish va mahalliy bizneslar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari .2024-yilda UCCSFBA o‘zbek-amerikalik talabalar uchun stipendiya dasturini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu stipendiyaga nomzodlar nafaqat akademik yutuqlarga, balki madaniy ildizlarga sodiqlik va jamoat xizmatiga ham e’tibor qaratilgan holda tanlanadi.2. Mahalla: Cultural Centre of Uzbekistan & Friends (Kanada)2022-yilda tashkil etilgan notijorat tashkilot bo‘lib, O‘zbekistonlik muhojirlar va ularning do‘stlarini birlashtirish, madaniy merosni saqlash hamda yangi avlodga yetkazish maqsadida faoliyat yuritadi. Foto: Uzbek Community Canada instagram sahifasiMahalla o‘z a’zolari uchun turli madaniy tadbirlar o‘tkazadi. Bu tadbirlar orasida bahor va kuzgi yig’inlar, madaniy festivallar va boshqa jamiyatni birlashtiruvchi voqealar mavjud. Tashkilot a’zolari ushbu tadbirlarda ishtirok etishlari yoki ko‘ngilli sifatida yordam berishlari mumkin.Mahalla a’zolari tomonidan boshqariladigan turli xizmatlar mavjud:⚫️  DreamDestiny Canada jamoasi immigratsiya bo‘yicha maslahatlar beradi.⚫️  Ella Tumakova yangi kelganlarga uy-joy topishda yordam beradi.⚫️  Tashkent restorani an’anaviy o‘zbek taomlarini taklif etadi.⚫️   Canadian L.I.C. Inc. Super Visa va boshqa sug‘urta xizmatlarini taqdim etadi.⚫️  Maftuna Xonkeldieva va Analytical Vision kompaniyasi raqamli dizayn va marketing xizmatlarini taklif etadi .3. UCSC Central Asian Ensemble (Kaliforniya, AQSH)UCSC Central Asian Ensemble — Kaliforniya shtatining Santa-Kruz shahrida joylashgan Kaliforniya Universitetining (University of California, Santa Cruz) musiqa bo‘limi doirasida faoliyat yurituvchi ijodiy ansambl bo‘lib, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonning an’anaviy musiqa madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilishga ixtisoslashgan.Foto: Kun.uz saytiAnsambl MUSC 10 kursi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar Markaziy Osiyo xalqlari, ayniqsa, o‘zbek xalqining og‘zaki va san’at musiqalarini o‘rganadilar. Darslar 2 kreditli bo‘lib, talabalar har chorakda sahna chiqishlarida ishtirok etadilar. Kursni musiqa bo‘yicha dotsent Tanya Merchant olib boradi. Merchant xonim o‘zbek dutor san’ati bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, o‘zining ilmiy va ijodiy faoliyatida O‘zbekiston musiqasini chuqur o‘rganib kelmoqda.