O‘tgan hafta ham o‘zbek mediasi uchun, muhim voqea-hodisalar va yangiliklarga boy o‘tdi. Bu yangiliklar qay darajada to‘liq yoritildi, yoritilmadi, tomoshabin uchun qulay, tushunarli tarzda tahlil qilindi, qilinmadi, bu boshqa masala. Dastur davomida bu nuqtaga sababini tushuntirgan holda yana qaytamiz. Hozir esa ana shu muhim voqea hodisalardan ham tahliltalab, jamiyat uchun gaplashish o‘ta zarur deya saralab olganimiz ikki mavzu haqida.1-mavzu: O‘zbekistonda “Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi kutilmoqda. Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi 12-may kuni qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.2-mavzu: Ichki ishlar vazirligi Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovning O‘zbekistonga deportasiya qilinganini tasdiqladi. Hozirgi kunda Tursunov Davlat xavfsizlik xizmati markaziy hibsxonasida saqlanmoqda va unga nisbatan jinoyat kodeksining bir qator moddalari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.Bugungi dasturimiz o‘tgan haftaning muhimlari ichida ham muhim bo‘lgan shu ikki mavzusi va ularning tahliliga bag‘ishlanadi. Dastur mehmonlari – Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov, media tahlilchi, huquqshunos Madina Tursunova va jurnalist Anora Sodiqova bo‘ldi. Suhbatni jurnalist Ilyos Safarov olib bordi.