Insoniyat duch kelayotgan eng katta ikki muammo korrupsiya va iqlim inqirozi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.Dunyo bo‘ylab milliardlab odamlar iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari bilan kurashmoqda. Korrupsiya esa bu muammolarni yanada kuchaytirib, rivojlanayotgan hamda qashshoq davlatlarga jiddiy xavfga aylanmoqda.Korrupsiya muammosiKorrupsiyaning ko‘lami va murakkabligi tobora ortib borayotgan bir paytda, bugungi kunda mamlakatlarning uchdan ikki qismidan ko‘pi Transparency International tashkilotining Korrupsiyani idrok etish indeksida (CPI) o‘rtacha ko‘rsatkichdan past ball to‘plamoqda. Mutaxassislar buning kelajak uchun jiddiy xavf tug’dirishidan ogohlantirmoqda.Korrupsiya butun dunyo bo‘ylab milliardlab odamlarning hayotiga ta’sir ko‘rsatib, ularning turmushini izdan chiqarmoqda, inson huquqlarini poymol qilmoqda va global inqirozlarni kuchaytirmoqda. Avtokratlar kuchayib, demokratiya zaiflashib borayotgan hozirgi sharoitda, korrupsiyaga qarshi kurash hech qachon bunchalik dolzarb ahamiyat kasb etmagan edi.Transparency International tashkilotining Korrupsiyani idrok etish indeksida (CPI)– bu davlatdagi jamoatchilik va ekspertlarning korrupsiyani qanday idrok etishini baholovchi indeks bo‘lib, 0 dan 100 gacha ball beriladi. 0 ball – yuqori darajadagi korrupsiya, 100 ball – korrupsiyaning yo‘qligini anglatadi. Dunyo bo‘yicha 2024-yilgi o‘rtacha ball 43 bo‘lsa, O‘zbekistonning 32 ball bilan bu ko‘rsatkichdan ancha past ekanligini bildiradi. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqaviy o‘rtachasi ham 35 ball atrofida bo‘lib, O‘zbekiston mintaqadagi ba’zi qo‘shni davlatlardan ham orqada qolmoqda.  Foto:Vatandosh TVKetma-ket yetti yil davomida Daniya 90 ball bilan reytingda peshqadamlik qilmoqda. Finlandiya va Singapur mos ravishda 88 va 84 ball bilan ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan. 83 ball to‘plagan Yangi Zelandiya 2012-yildan beri birinchi marta eng kuchli uchlikka kirolmadi. Ammo Lyuksemburg ( 81), Norvegiya (81), Shveysariya (81), Shvetsiya (80), Niderlandiya (78), Avstraliya (77), Islandiya (77) va Irlandiya (77) bilan birga kuchli o‘ntalikda o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda.Shu bilan birga, mojarolar ichida bo‘lgan yoki erkinliklari jiddiy darajada cheklangan va demokratik institutlari zaif bo‘lgan mamlakatlar indeksning quyi qismini egallaydi. Eng so‘nggi uch o‘rinni Janubiy Sudan (8), Somali (9) va Venesuela (10) egallagan. Eng past ball to‘plaganlar ro‘yxatini Suriya (12), Ekvatorial Gvineya (13), Eritreya (13), Liviya (13), Yaman (13), Nikaragua (14), Sudan (15) va Shimoliy Koreya (15) yakunlaydi.2012-yildan buyon 32 ta mamlakat indeksdagi o‘z ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshiladi va endi ularda korrupsiya kamroq deb baholanmoqda. Shuningdek, 47 ta mamlakat sezilarli yo‘qotishlarga duch keldi. Bu pasayishlar AQSH (65) va Yangi Zelandiya (83) kabi yuqori ball to‘plagan ayrim demokratik davlatlarni, shuningdek, Rossiya (22) va Esvatini (27) singari avtokratik mamlakatlarni o‘z ichiga oladi.  Yaxshilanish kuzatilgan mamlakatlar qatoriga Moldova (43), Quvayt (46) va Urugvay (76) kiradi.Reytingda O’zbekiston pozitsiyasi2023-yilda O‘zbekiston 33 ball bilan 126-o‘rinda edi. 2024-yilga kelib ball 32 ga tushdi va reytingda 121-o‘ringa chiqsa-da, bu raqamlar mamlakatning ichki taraqqiyotdan ko‘ra boshqa davlatlarning pasayishiga bog‘liq.Reytingga nazar tashlansa, Markaziy Osiyoda Qozog‘iston 40 ball bilan 88-o‘rinda, Qirg‘iziston 28 ball bilan 141-o‘rinda. O‘zbekiston ularga nisbatan o‘rtacha pozitsiyada. Ammo dunyoning yetakchi davlatlari, masalan, Daniya (90 ball), Finlyandiya (88 ball), Singapur (84 ball) kabi mamlakatlar bilan solishtirganda, farq nihoyatda katta. Foto:Vatandosh TVIqlim inqirozi muammosiKorrupsiya tufayli iqlim inqirozini oldini olishga qaratilgan mablag’larning aksariyati talon-taroj qilinmoqda.Ko‘pincha bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlar: Hindiston,Kolumbiya, Misr korrupsiyani nazorat qilishda ham qiyinchiliklarga duch keladi. Manfaatdor tomonlar bunday fondlarni boshqarish tizimiga shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurash qoidalarini joriy etish orqali ularning samaradorligini oshirishga hissa qo‘shishlari mumkin. Hukumatlar va xalqaro tashkilotlar iqlim moliyasini himoya qilish va iqlim tashabbuslariga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash maqsadida korrupsiyaga qarshi choralarni iqlim sa’y-harakatlariga uzviy bog‘lashlari lozim. Bu iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashning barqarorligi va ta’sir kuchini yanada oshiradi.Korrupsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlar odatda iqlim o‘zgarishi keltirib chiqaradigan muammolarga ham yaxshiroq tayyorgarlik ko ‘rgan. ko‘r Biroq mutaxassislarga ko‘ra, bu yetarli emas – ko‘plab mamlakatlar hamon iqlim inqirozini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan jiddiy choralarni qabul qilmayapti.Davlatlarning iqlim o‘zgarishiga moslashuv qobiliyati va tayyorgarligi haqida ma'lumot beruvchi ND-GAIN Indeksiga ko’ra, Norvegiya, Finlandiya, Shveysariya, Denmark, Singapur iqlim inqiroziga qarshi faol tayyorgarlik olib bormoqda. Sudan, Kongo,Eriteriya, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad reytingning eng pastida joylashgan davlatlar sifatida iqlim o’zgarishi jarayonlariga tayyor emas. Foto: Vatandosh TVO'zbekiston ushbu indeksning 181 davlatdan 65-o‘rinni egallagan bo‘lib, bu iqlim o'zgarishiga moslashuv qobiliyati va tayyorgarligini o‘lchovchi global reytingda o‘rtacha darajani ko‘rsatadi.