Xavflar, ehtiyojlar va iqtisodiy oqibatlarJahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2030 – 2050 yillar mobaynida iqlim o‘zgarishi yiliga qo‘shimcha250 000 kishining o‘limiga sabab bo‘lishi haqida xabar qilgan. Bu o‘limlarga asosan iqlim o‘zgarishidan kelib chiqadigan kasalliklar, xususan to‘yib ovqatlanmaslik, bezgak, diareya va issiqlik stressi sabab bo‘ladi. Jahon banki mallumotiga ko‘ra, tabiiy ofatlar vaqtida NBSHning o‘lim darajasi nogironligi bo‘lmagan shaxslarga qaraganda to‘rt baravar yuqori bo‘ladi, chunki favqulodda holat sodir bo‘lganda NBSH erkin harakat qilish imkoniyatiga ega emasligi tufayli o‘z xavfsizligini talminlashda qiyinchilikka duch keladi.So‘nggi yigirma yil ichida tabiiy ofatlar soni ikki baravarga oshgan. Buning asosiy sababi iqlim o‘zgarishi hisoblanadi.1980-1999 va 2000-2019 yillarda sodir bo‘lgan turli tabiiy ofatlar soni.Manba: (BMTning Tabiiy ofatlar xavfini qisqartirish bo‘yicha boshqarmasi, 2021).Iqlim o‘zgarishi NBSH uchun kelajakda yanada ko‘proq qiyinchiliklar keltirib chiqarishi kutilmoqda, chunki o‘zgarayotgan muhitga moslashish, daromad topish imkoniyatlari kamaygani sayin, ularning hayot sifati pasayishi ehtimoli yuqori. Bu o‘z navbatida, jahon iqtisodiyotiga ham sezilarli talsir qiladi: iqlim o‘zgarishi 2050 yilgacha jahon daromadini 19% qisqartirishi taxmin qilinadi. Asosiy muammolarIqlim o‘zgarishi tufayli NBSHning hayot darajasi va farovonligiga ta’sir ko‘rsatadigan bir qator asosiy muammolar:•  Toza suv, sanitariya va gigiyenaga rioya qilish imkoniyati kamayadi – iqlim o‘zgarishi sababli suv tanqisligi muammosi oshishi mumkin. Bu holatda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish qiyinlashib, qo‘shimcha kasalliklar tarqalishi mumkin;•  Ob-havoning keskin o‘zgarishi oqibatida favqulodda holatlar ko‘payadi – ob-havo haroratining keskin isib ketishi yoki keskin sovib ketishi favqulodda holatlar sodir bo‘lish ehtimolligini ko‘paytiradi. Favqulodda holatlarda NBSH qo‘shimcha to‘siqlarga duch keladi;•  Iqlim o‘zgarishi tufayli mallum hududlar turmush kechirish uchun yaroqsiz holga kelishi iqlim migratsiyasini yuzaga keltiradi. Bu jarayonda NBSH cheklangan jismoniy va moliyaviy imkoniyatlar sabab faol qatnasha olmasliklari mumkin.Hoshimbek Hotamov,Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti noshirlik bo'limi boshlig'i