Yaqinda Myanmada sodir bo‘lgan 7,7 ball kuchidagi zilzila 3500 dan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ldi va hatto Bangkokdan 1000 kilometr uzoqda joylashgan binolarda ham shikastlanishlarni keltirib chiqardi. Bu hodisa seysmik faol hududlarda hayotning ko’p jihatdan xavfli ekanini ko’rsatadi.Shuningdek, 24-aprel kuni Turkiyadan 6,2 magnitudali zilzila bo’ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, zilzila natijasida 359 kishi jarohatlangan.“Zilzilalar ko‘pincha sodir bo‘ladigan tog‘ tizmalarining chekkalarida joylashgan geologik yoriqlar bo‘ylab suv va dehqonchilik uchun yerlarning mavjudligi tufayli yashash uchun eng qulay hisoblanadi”, deb ta’kidlaydi Oksford universiteti tektonika professori Richard Uoker.Qozog‘istonning ko‘chirilgan poytaxti Ostona shahridan tashqari, Markaziy Osiyoning barcha poytaxtlari aynan shunday hududlarda joylashgan. Bu esa ularni tarixan zilzilalarga nisbatan zaif qilib qo‘ygan.1948-yilgi Ashxobod zilzilasi deyarli butun shaharni vayron qilgan edi. Toshkent 1966-yilda xuddi shunday halokatli voqeani boshidan kechirgan, Olmaota esa 1887 va 1911-yillarda ketma-ket ikki zilzila zarbiga uchragan.2024-yil boshida yuz bergan ikkita zilzila Olmaota aholisini vahimaga soldi. 14-aprel kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan 5,9 ball kuchidagi zilzila natijasida yosh bola halok bo‘ldi va Xitoy chegarasi yaqinidagi o‘ttizga yaqin uy shikastlandi.Bu silkinishlar unchalik kuchli bo‘lmasa-da, aholiga hududning faol tektonik jarayonlarini eslatib turadi hamda kuchliroq zilzila yuz berganda binolar va infratuzilmaning bardoshliligiga shubha uyg‘otadi.2023-yilda Turkiya-Suriya chegarasida sodir bo‘lgan va faqat Turkiyaning o‘zida 53 mingdan ortiq odamning umriga zomin bo‘lgan zilziladan so‘ng, hokimiyat organlari zilzilaga dosh bera olmagan binolar qurilishiga aloqador yuzdan ortiq shaxsga nisbatan tergov ishlarini boshladi.Bunday voqealar bilan Sovet Ittifoqida ulg‘aygan kishilar yaxshi tanish edi. Xususan, 1988-yilda Armanistondagi Spitak zilzilasida Leninakan (hozirgi Gyumri) shahrida o‘n minglab odamlar halok bo‘ldi. Qurbonlarning ko‘pchiligi Brejnev davrida qurilgan 9 qavatli bir xil ko‘rinishdagi binolarining qulashi tufayli yuz berdi. Bu binolar 7 ball kuchidagi zilzilaga bardosh berish uchun loyihalashtirilgan edi. Biroq amalda Leninakanda sodir bo‘lgan 6,8 ball kuchidagi zilzila 78 ta bunday binoning 72 tasining qulab tushishiga olib keldi. Qiziqki, avvalroq qurilgan, ko‘plab eski, sovet davridan oldingi imoratlar butun qoldi. Xalqaro tekshiruvchilardan iborat bir guruh fojianing ko‘lamini Leninakandagi "qurilish sifatining juda pastligi va shubhali konstruktiv elementlar"ga bog‘ladi.Armanistonda qulagan binolarga o‘xshash yig‘ma konstruksiyali binolarni sobiq SSSR hududining barcha joylarida uchratish mumkin. O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi 2023-yilda mamlakatdagi xususiy uy-joylarning taxminan 70 foizi zilzilabardoshlikning amaldagi standartlariga javob bermasligini taxmin qilgan.“2023-yilda Turkiyada yuz bergan zilzila seysmik hududlarda qurilish me’yorlariga qat’iy amal qilish va qurilish sifatini doimiy nazorat qilishning naqadar muhimligini fojiali tarzda eslatdi”, degan Qozog‘iston Milliy seysmologik kuzatish va tadqiqot markazi direktori Daulet Sarsenbayev va "Bunday hodisalar barcha mamlakatlar, jumladan Qozog‘iston uchun ham me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash, qurilish sohasida shaffoflikni oshirish va chidamli infratuzilmaga sarmoya kiritish zarurligini ko‘rsatuvchi qimmatli saboq bo‘ladi”, deb ta’kidlagan.Turkiyadagi fojiani hisobga olib, O‘zbekiston hukumati Toshkentdagi qurilish loyihalariga vaqtinchalik cheklov joriy etdi. Qirg‘iziston ham binolarning zilzilaga chidamliligini tekshirish uchun idoralararo ishchi qo‘mita tuzishga kirishdi.Mutaxassislarning fikricha, zilziladan himoyalanishda qat’iy qurilish me’yorlari muhim.2024-yil boshida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan zilzilalardan keyin hukumat tomonidan yangi Seysmik xavfsizlik va safarbarlik tayyorgarligi departamenti tashkil etildi.Departament rahbari vazifasini bajaruvchi Botirxon Suleymenov “KazInform” davlat axborot agentligiga bergan intervyusida hukumat ko‘chki xavfi eng yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlashni boshlagani, shuningdek, zilzilalar haqida erta ogohlantirish tizimini ishlab chiqayotganini ma’lum qildi. Bu binolarni mustahkamlash uchun hech narsa qilishga qodir bo’lmasa-da, biroz vaqtdan yutish mumkinligiga umid qilinmoqda. Zilzila to‘lqinlari markazdan soniyasiga bir necha kilometr tezlikda tarqaladi, shuning uchun zararli tebranishlar biror joyga yetib kelishi uchun ma’lum vaqt ketadi. Erta ogohlantirish tizimlari markazga yaqin joylashgan asboblar yordamida dastlabki zilzila to‘lqinlarini aniqlab, keyin esa yaqinlashayotgan seysmik to‘lqinlar haqida xabar tarqatadi. Bu odamlarga xavfsiz joyga yashirinish va muhim tizimlarni o‘chirish uchun qisqa vaqt, odatda bir necha soniya beradi.Seysmologlarning fikricha, zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rishda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish lozim. Chunki Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chekka hududlarida eng yaqin yirik aholi punkti ko‘pincha qo‘shni davlat hududida joylashgan bo‘ladi.Afsuski, bunday masalalar milliy hukumatlar darajasidagina hal qilinadi", deydi Qirg‘iziston Seysmologiya instituti direktori Kanatbek Abdrahmatov. – Chunki zilzilalar chegara bilmaydi va chegara yaqinida sodir bo‘lgan kuchli hodisa nafaqat aholi punktlariga, aytaylik, mamlakatimizga, balki qo‘shni davlatlarning yaqin hududlariga ham ta’sir qiladi. Bunday yondashuv birinchi yordamga juda muhtoj bo‘lganlarga yordam ko‘rsatishni kechiktirishi mumkin.Professor Uokerning ta’kidlashicha, agar mintaqa tadqiqotchilari  hamkorlikda ishlasa, tarixdan ko‘p narsani o‘rganish ko‘rish mumkin. Bu “zilzila xavfi qayerda ekanligini ko‘rsatish va keyingi zilzila sodir bo‘lganda nima bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berishga yordam beradi”, dedi u.