Ukrainaning "Men yashashni xohlayman" loyihasida Rossiya tomonida Ukrainadagi urushda qatnashish uchun yollangan Tojikiston fuqarolari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. Loyihaning Telegram-kanalida e’lon qilingan ro‘yxatda 931 nafar tojikistonliklarning ismi-shariflari ko‘rsatilgan, ulardan 196 nafari o‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgan."Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan fuqarolar soni bo‘yicha asosiy rekordchi hisoblanadi. Bizning ro‘yxatimizda 2025 yil boshidagi ma’lumotlari bo‘yicha 931 kishi bor. Va bular bizga ma’lumlari, xolos", - deya qayd etadi xabar mualliflari.Ularning eng kichigi 18 yoshu 3 oylik, eng kattasi 70 yoshda bo‘lgan. Marhumlardan biri shartnoma imzolangan paytdan boshlab atigi 7 kun xizmat qilgan.Loyihaga ko‘ra, shartnoma bo‘yicha xizmat qilgan tojikistonlik askarning urushdagi o‘rtacha umri taxminan 140 kunni tashkil qiladi.Loyihada shunday ta’kidlanadi: "Bu mahbuslar ro‘yxati emas. Bu Rossiya Federatsiyasi tomonida Ukrainaga qarshi jang qilayotgan yoki jang qilgan Tojikiston fuqarolari ro‘yxati".Ularning ko‘pchiligi Rossiyada noqonuniy bo‘lganligi sababli aldash, bosim yoki deportatsiya tahdidi bilan armiyaga borgan, bu toifa "harbiy komissarlar uchun ideal nishon" hisoblanadi.“Biz Tojikiston Respublikasi hukumatini, shuningdek, KXSHTga a’zo boshqa davlatlarni o‘z fuqarolarining Rossiya armiyasida xizmat qilishiga e’tibor qaratishga chaqiramiz va bu borada yordamga umid qilamiz.Rossiya Federatsiyasi uchun jang qilishni rejalashtirayotgan barcha chet elliklarga eslatib o‘tamiz: yollovchi yoki harbiy komissarning o‘zi sizga qanday va’da bermasin, vatandan uzoqda birovning urushida hayotingizni xavf ostiga qo‘yishning hojati yo‘q. Siz aldanib, o‘limga mahkum etilishingiz kafolatlangan", deb xulosa qiladi loyiha mualliflari.Avvalroq loyiha Ukrainada jang qilayotgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolarining ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, konsul Bauirjan Begalimov va Qozog‘iston Respublikasining Ukrainadagi Muvaqqat ishlar vakili Yermek Katrenov Ukraina harbiy asirlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab vakillari bilan uchrashib, Ostona “Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining Ukraina hududidagi harbiy amaliyotlardagi ishtiroki bilan bog‘liq har bir epizodni diqqat bilan kuzatib borishiga” ishontirdi.Tojikiston rasmiylari Ukrainadagi mojaroda tojik fuqarolarining ishtiroki haqida jamoatchilik fikridan qochadi. Faqat 2023-yilning avgust oyida respublika Ichki ishlar vazirligi rahbari Ramazon Rahimzoda ilk bor bu masalaga to‘xtalib, Rossiya qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan 100 ga yaqin Tojikiston fuqarolari Ukrainadagi urushga jo‘natilganini aytgan edi.Uning qo‘shimcha qilishicha, rossiyalik hamkasblar Tojikistonga bunday ma’lumot bermayapti, chunki bu masala bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi ikki davlat o‘rtasidagi amaldagi kelishuvlarga kiritilmagan.Tojikiston fuqarolari Ukrainadagi urushga nafaqat kuch bilan yuboriladi. Ular orasida ko‘ngillilar ham bor. Ulardan ba’zilari jangovar hududga borib, Rossiya Qurolli kuchlari saflarida xizmat qilmoqda, boshqalari fuqarolik va’dasi, yuqori to‘lovlar va boshqa imtiyozlar evaziga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga rozi.Eslatib o‘tamiz, fuqarolarining xorijdagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etishi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.