Butun dunyo bo‘ylab bolalar va yoshlar orasida o‘limning asosiy sababini taxmin qilishingiz kerak bo‘lsa, nima degan bo‘lardingiz? Bezgak yoki zotiljammi? O‘z joniga qasd qilish? Bular ham yuqori o‘rinlarda. Lekin ko’p yillardan beri dunyo aholisining o’limiga eng ko’p avtohalokatlar sabab bo’lmoqda.Avtomobillar 120 yildan ko‘proq vaqtdan beri mavjud va biz bu fojialarga qanday barham berish mumkinligini bilamiz. Shunday bo‘lsa-da, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha, yo‘l-transport hodisalari hali ham har daqiqada ikki nafardan ortiq insonning umriga zomin bo‘lmoqda. Bu degani har yili deyarli 1-2 million kishi aynan avtohalokatlar sabab hayotdan ko’z yummoqda.Insoniyat uzoq yillardan beri shu muammo bilan kurashib kelayotgan bo’lsa-da, yanada mukammal, maqbul yechimlar topishga harakat qilinmoqda.BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘n yillik harakati doirasida, 2030-yilgacha yo‘llardagi o‘lim holatlarini ikki baravarga kamaytirish kabi ulkan maqsadni belgilagan.Xavfsiz, qulay va arzon transport  aholi uchun ish, ta’lim va imkoniyatlar yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etadiO‘tgan o‘n yillik harakat davomida atigi 10 ta mamlakat, jumladan ayrim kambag‘al davlatlar yo‘llardagi o‘lim holatlarini 50 foizdan ko‘proqqa kamaytira oldi, 30 dan ortiq mamlakat esa bunga yaqinlashdi. Bu maqsadga erishish mumkinligini ko‘rsatadi, ammo hali yetarli emas.Maqsadga erishishning kaliti – transport tizimlarimizni transport vositalari uchun emas, balki insonlar uchun loyihalashtirish va qurish hamda barcha qarorlarda xavfsizlikni ustuvor o‘ringa qo‘yishdir.Bu, ayniqsa, xavfli vaziyatlarga ko‘proq duch keladigan piyodalar, velosipedchilar va mototsiklchilar kabi yo‘l harakatining eng zaif ishtirokchilari uchun juda muhimdir.Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash nafaqat o‘z-o‘zidan muhim, balki umuman olganda barqaror rivojlanishning ham kalitidir.Statistik ma’lumotlarga qaraganda, transport dunyo bo‘yicha karbonat angidrid chiqindilarining to‘rtdan bir qismini tashkil etadi va shaharlarimizda tirbandlikni kuchaytiradi. Biroq harakatlanish xavfsiz va qulay bo‘lsa, odamlar jamoat transporti, piyoda yurish va velosipedda harakatlanishning ekologik jihatdan toza variantlarini afzal ko‘radilar.Shaharlarni barqaror transport atrofida - velosiped yo‘laklari, piyodalar hududlari va to‘liq ochiq jamoat transporti bilan loyihalash, shuningdek, shahar maydonlarini xavfsizroq va yashash uchun qulayroq qilish orqali jamoalarni mustahkamlaydi, ayni paytda barcha uchun munosib uy-joy va asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilaydi.Xavfsiz yo‘llar iqtisodiyotni rivojlantiradi. Yo‘l-transport hodisalarida sodir bo‘ladigan o‘limlar mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining taxminan 3-5 foizini tashkil etishi mumkin. Ko‘proq odamlarning o‘z ish joylariga, maktablariga va muhim xizmatlarga xavfsiz yetib borishini ta’minlash rivojlanishga hissa qo‘shadi.Xavfsiz, qulay va arzon transport, shuningdek, imkoniyati cheklangan guruhlar uchun ish o‘rinlari, ta’lim va imkoniyatlar yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etadi. Bu har bir inson o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta olishiga yordam beradi.Xuddi shu narsa gender tengligi uchun ham amal qiladi. Ba’zi mamlakatlarda ayollarning 80 foizigacha jamoat transportida tazyiqqa uchraganini aytadi. Shu sababli har bir mamlakat transport vositalarini ayol yo’lovchilar uchun xavfsiz qilishga harakat qilishi zarur.Yo‘l harakati xavfsizligi hammaning mas’uliyati bo‘lib, muvaffaqiyatga erishish uchun turli sohalarni jalb etishimiz lozim. Shaharsozlar va muhandislar infratuzilmaga xavfsizlikni singdirishlari kerak. Ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati dalillar yig‘ishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari nimalar samarali ekanligini, shuningdek, nimalar samarasiz ekanligini va buning sabablarini chuqurroq o‘rganishi mumkinXususiy sektor katta ta’sir kuchiga ega. Korxonalar o‘z faoliyatlarida sinovdan o‘tgan tamoyillar va amaliyotlarni qo‘llash hamda faqat belgilangan xavfsizlik standartlariga mos keladigan transport vositalarini sotish orqali xavfsiz va barqaror harakatlanishga hissa qo‘shishlari mumkin.O‘zbekistonda YTHlar soni 2023-yilda 9 839 ta bo‘lib, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 9 364 taga qisqargan.  Asosiy sabablarning eng boshida O‘zbekistonda transport tizimi haliyam asosan avtomobillar uchun loyihalashtirilgani hamda haydovchilarning tezlikni oshirishi, spirtli ichimlik,  giyohvand moddalar iste’mol qilib, mashina haydashi kabilar turadi.Ammo so’nggi yillarda quyidagi islohotlar evaziga yo’llarning insonlar uchun loyihalashtirilganlik darajasi oshdi:· Yangi piyoda va veosiped yo’laklari; Toshkent va boshqa shaharlarda piyodalar yo‘laklari yangilanmoqda, velosiped yo‘laklari ochilmoqda. Bu inson markazidagi yondashuvga qadam deb qaralmoqda.·  “Yashil hudud” va rekreatsion joylar sonining oshishi;– Shahar markazlarida piyodalar yurishi uchun qulay joylar, sayr qilish maydonlari ko‘paymoqda (masalan, Tashkent City, Alisher Navoiy bog‘i atrofi).· Jamoat transporti tizimining rivojlanishi;– Metro liniyalari kengaymoqda, elektrobuslar, velosiped ijarasi tizimlari joriy qilinmoqda.