Bishkekning Pervomay tuman sudi matbuot xizmati matbuot xabarlarida ish bo‘yicha hibsga olingan ayblanuvchilar ism-shariflarining bosh harflarini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, jinoyat ishi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MQM) tomonidan qo‘zg‘atilgani ma’lum.Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, hibsga olinganlardan biri O‘sh shahridagi "Rus uyi" (Rossotrudnichestvo vakolatxonasi) xodimi Natalya Sekerina bo‘lgan. Unga nisbatan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 416-moddasi 1-qismi (“Boshqa davlatlarning qurolli to‘qnashuvlarida foydalanish maqsadida yollanma askarlarni yollash, moliyalashtirish, moddiy ta’minlash, tayyorlash”) bilan ayblangan.Hibsga olingan ikkinchi shaxs, Ozodlik radiosi xabariga ko‘ra, O‘sh meriyasi matbuot xizmati xodimi Sergey Lapushkin. U Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasi 3-qismi va 416-moddasi 1-qismi (“Boshqa davlatlarning qurolli mojarolarida foydalanish maqsadida yollanma askarlarni yollash, moliyalashtirish, moddiy ta’minlash, tayyorlashni tashkil etish”) bilan ayblanmoqda.Sekerinaning feysbukdagi sahifasida Lapushkin ishtirok etgan O‘shdagi “Rus uyi”da bo‘lib o‘tgan voqealarga oid materiallar va videolar joy olgan.Natalya Sekerinaning eri izoh berishdan bosh tortib, advokat bilan maslahatlashganidan keyin javob berishini aytgan. Lekin jurnalistlar bilan boshqa bog‘lanmagan.Bu ish bo‘yicha Sekerina va Lapushkindan tashqari yana ikki kishi hibsga olingan. Ularning shaxsi hozircha noma’lum. Pervomay tuman sudi qarori bilan to‘rt kishining hammasi 17-iyunga qadar hibsga olingan.Qirg‘izistonda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgani uchun ilgari ham bir necha fuqaro sudlangan edi. 2023-yil yanvar oyi o‘rtalarida Asqar Kubanichbek uulu hibsga olingan va o‘sha yilning may oyida u 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Hukm e’lon qilingandan so‘ng qirg‘izistonlik Rossiya rasmiylaridan fuqarolik so‘ragan, shundan so‘ng bir qator rossiyalik amaldorlar uni ozod qilishga chaqirgan va unga Rossiya pasportini va’da qilgan. 2024-yil yanvarida Bishkek sudi uning ishini ko‘rib chiqib, uch yillik sinov nazorati bilan yetti yillik qamoq jazosiga hukm qildi va ozod qildi. Aprel oyi oxirida Asqar Kubanichbek uulu Qirg‘izistondan Rossiyaga qochib ketgani ma’lum bo‘ldi. Rossiya Inson huquqlari kengashi a’zosi Kirill Kabanov uning ikkinchi marta urushga borganini aytgan, biroq u Rossiya fuqaroligini olgan-olmagani noma’lum.Rossiya armiyasi safida jang qilishga targ‘ib O‘zbekiston hududida ham uchradi. Aprel oyining boshlarida Andijon viloyati Marhamat tumani sudi qaroriga ko‘ra, 35 yoshli Furqatbek Xasanov Ukrainadagi qurolli mojaroda Rossiya tomonida qatnashish uchun O‘zbekiston fuqarolarini yollashga urinishda ayblanib, unga 7 yil 1 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.Sud materiallariga ko‘ra, Xasanov bu operatsiyani Rossiya fuqarosi Dmitriy Robertovich bilan kelishgan holda tashkil qilgan.